1

Qo`yliq bozori yaqinida kuchli yong`in sodir bo`ldi

Jamiyat 16.06.2019, 23:08
Qo`yliq bozori yaqinida kuchli yong`in sodir bo`ldi

Bugun Ijtimoiy tarmoqlarda Qo`yliq “ulgurji” bozorida kuchli yong`in yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Toshkent shahar IIB axborot xizmatining aniqlik kiritishicha, yong`in bozor hududida emas, balki “DavruDavron avto” MChJ hududidagi yuk avtomashinalari turargohida yuzaga kelgan.

"Bugun 13.53 daqiqa o`tganda 101 raqamiga Bektemir tumani Toshkent avtomobil halqa yo`li yoqasidagi “Ko`klangivodiy” ulgurji bozori yonida, “Davru Davron avto” MChJ hududidagi yuk avtomashinalari turargohida bo`sh yog`och qutilar va o`ramlar yonayotgani haqida xabar keldi”, deyiladi ma`lumotda.

Hodisa hududi 60-70 kv.m atrofida bo`lgani aytilmoqda. Soat 14.35 da yong`in to`liq bartaraf etilgan. Qurbonlar yo`q. Yong`in sabablari o`rganilyapti. Jabrlanganlar va yong`in sabablari aniqlashtirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1