1

O`zbekiston teatrlarining Respublika ko`rik-festivali g`oliblari taqdirlandi

Madaniyat 16.06.2019, 23:05
O`zbekiston teatrlarining Respublika ko`rik-festivali g`oliblari taqdirlandi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Seni kuylaymiz, zamondosh!” O`zbekiston teatrlarining Respublika ko`rik-festivali g`oliblarni taqdirlash marosimi bo`ldi.

Tadbirda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o`rinbosari E. Durdiev, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti O.Nazarbekov so`zga chiqib, faol ishtirok etganliklari uchun mamlakatimiz teatr jamoalariga, tashkilotchilarga, barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi. Darhaqiqat, besh kun davom etgan tadbir Orolbo`yida haqiqiy madaniyat bayramiga aylandi.

Festival doirasida Mo`ynoq, Qonliko`l, Taxtako`pir, Shumanay, Chimboy, Amudaryo, Ellikqa`la tumanlarida respublika teatrlarining spektakllari va ijodiy uchrashuvlari tashkil etildi. I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat san`at muzeyida “Sahnada zamon qahramoni obrazi” mavzusida dramaturglarning seminari, Yoshlar markazida O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti Nukus filiali talaba yoshlari bilan uchrashuv bo`ldi.

16.jpg

22.jpg

Ko`rik-festival yakunida birinchi o`rin Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining O`zbekiston Qahramoni Ollaniyoz Uteniyazov hayotiga bag`ishlangan “Saxovat bog`i” spektakliga berildi. Ikkinchi o`rinni O`zbekiston davlat drama teatrining “Er baribir aylanaveradi” spektakli, uchinchi o`rinni O`zbekiston davlat akademik rus drama teatrining “Odinokaya lodka” (“Tanho qayiq”), Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrining “Insonlikka nomzod” spektakllari egalladi.

Shuningdek qator nominasiyalar bo`yicha g`oliblar aniqlandi.

– “Xushvaqt” spektaklidagi Momosuluv obrazimni “Eng yaxshi ayol obrazi” nominasiyasiga loyiq deb topganidan baxtiyorman, – deydi Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining aktrisasi Sojida Ashurova. – Festival doirasidagi har bir kun taassurotlarga boy bo`ldi. Kelgusida bundan ham yaxshi obrazlar yaratishga harakat qilaman.

Ko`rik-festival yakunida g`oliblarga diplom va esdalik sovg`alari topshirildi.

7.jpg

12.jpg

2.jpg

28.jpg

21.jpg

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1