1

Sportchilarimiz universal jang bo`yicha jahon kubogida zafar quchdi

Sport 16.06.2019, 23:03
Sportchilarimiz universal jang bo`yicha jahon kubogida zafar quchdi

10 iyundan 16 iyungacha Ukrainaning Nikolaevskaya viloyatida universal jang bo`yicha jahon kubogi bahslari bo`lib o`tdi.

Ikkita yo`nalishda tashkil etilgan bellashuvlarda mamlakatimiz terma jamoasi 28 nafar atletlari bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

10 ta vazn toifasida o`tkazilgan musobaqalarda dunyoning 15 mamlakatidan tashrif buyurgan bolalar, o`smirlar, yoshlar va kattalar g`oliblik uchun bellashdi.

Murosasiz bahslar ostida o`tgan jahon kubogi musobaqalarida mamlakatimiz terma jamoasi a`zolari xam muvaffaqiyatli natijalarni qo`lga kiritishdi.

photo5201842292317596365.jpg

12-13 yoshlilar o`rtasida o`tkazilgan bellashuvlarda Qidirov Dilshod, 14-15 yoshlilar o`rtasida esa Begzod Abdurazzoqov , 16-17 yoshlilar o`rtasida o`tgan bahslarda Begzod Begmanovlar o`z vazn toifasida jahon kubogi g`olibiga aylanishdi.

Qizlar o`rtasida o`tkazilgan bahslarda terma jamoamiz a`zosi Nargiza Shoyatova o`z vazn toifasida 1-o`rinni qo`lga kiritdi.

Shunday qilib, jahon kubogi yakuni bo`yicha musobaqa mezboni Ukraina 1-o`rinni egallagan bo`lsa, 2-o`rin moldaviyalik atletlarga nasib etdi, O`zbekiston terma jamoasi sportchilari 3-o`ringa sazovor bo`lishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1