1

Qirg`izistonda “O`zbekiston kinosi kunlari” o`tkazildi

Madaniyat 10.06.2019, 16:16
Qirg`izistonda “O`zbekiston kinosi kunlari” o`tkazildi

Joriy yilning 6-8 iyun kunlari Qirg`izistonda “O`zbekiston kinosi kunlari” o`tkazildi.

Tadbir Qirg`izistonning O`sh va Jalolobod shahridagi kinoteatrlarda o`tkazildi. Uch kun davomida bo`lib o`tgan ushbu kino kunlarida “Sabot”, “Sarvqomat dilbarim”, “Issiq non” badiiy filmlari va “Xojai jahon Abdulxoliq G`ijduvoniy” hujjatli filmi namoyish etildi. Shuni aytib o`tish lozimki, o`zbek kinoijodkorlari qirg`iz xalqi tomonidan juda iliq kutib olindi. Bundan tashqari shzbek kinoijodkorlari Qig`izistonning bir nechta telekanallaridagi ko`rsatuvlarga jonli efirga mehmonga chaqirildi. Ayniqsa o`zbek aktyorlari mashhur Karim Mirxodiev va Adiz Rajabov bilan o`tkazilgan suhbatlar Qirg`iziston xalqini juda xursand etdi. Yosh o`zbek kinorejissyori Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi ham qardosh qirg`iz do`stlarimizga juda manzur bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1