1

Oyoq kiyimiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi

Jamiyat 23.05.2019, 12:24
Oyoq kiyimiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi

Bojxona xodimlari zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasiG`ishtko`prikchegara bojxona posti xodimlari tomonidan, qo`shni davlatdan piyoda xolda kirib kelgan fuqaro X.M. xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Natijada, uning oyoq kiyimlarining tagligiga yashirib tikilgan, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, qiymati 5,9 million so`mlik, 168 gramm zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Aynan shu post xodimlari tomonidan yana bir shunga o`xshash holat aniqlandi. Qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro T.M.ning qo`l yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, unga tegishli jomadonning ichki qismida jami og`irligi 195 gramm bo`lgan 11 dona bilaguzuk zargarlik buyumlari borligi ma`lum bo`ldi.

Shundan so`ng, ushbu fuqaro shaxsiy ko`rikdan ham o`tkazildi.

Natijada uning kiyim cho`ntagida ham, 101 gramm og`irlikdagi zargarlik buyumlari borligi ma`lum bo`ldi.

Fuqaro T.M.dan jami 19 million so`mlik, 296 gramm zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1