1

Fermer xo`jaligi rahbari elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

Jinoyat 23.05.2019, 12:17
Fermer xo`jaligi rahbari elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

Majburiy ijro byurosining Buvayda tuman bo`limi tomonidan o`tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida tumandagifermer xo`jaligi rahbari M.Azimov fermer xo`jaligining Jiyda yo`li qishlog`ida joylashgan er maydonlarini sug`orish uchun 2017 yil mart oyida dala ichidagi simyog`ochdan xavfli usulda noqonuniy elektr tarmog`i tortib yuqori quvvatli suv nasoslariga ulab olganligi va undan tekshirish kuniga qadar foydalanib kelganligi aniqlangan.

“O`zdavenergonazorat” inspeksiyasi Farg`ona hududiy bo`limi mutaxassislari tomonidan hodisa joyi ko`zdan kechirilganida o`rganilganida fermer xo`jaligi er maydonlari faqatgina elektr dvigatelli suv nasoslari yordamida ishlashi mumkinligi aniqlanib, qonunbuzar M.Azimov qonunga xilof ravishda elektr energiyasidanfoydalanib kelinganligi oqibatida davlat manfaatlariga 24 mln. 136.8 ming so`mlik zarar etkazgan.

Tergovga qadar tekshirish davomida qonunbuzar M. AzimovgaO`zbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasi 6-qismi mazmun-mohiyati tushuntirilib, unga jinoyat aniqlangan kundan e`tiboran 30 kunlik muddat ichida etkazilgan moddiy zararning o`rni qoplangan taqdirda jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi ma`lum qilinganida u o`z qilmishining mohiyatini to`liq tushungan holda 24 mln. 136.8 ming so`m zarar summasini xizmat ko`rsatuvchi korxonaga to`liq to`lab berdi.

Shuningdek, fermer xo`jaligi va tuman elektr ta`minoti korxonasi o`rtasida tegishli shartnoma imzolanib, kelgusida fermer xo`jaligi rahbari M.Azimov elektr energiyasidan faqat qonuniy asoslardan foydalanadigan bo`ldi.

Shunga ko`ra, to`plangan hujjatlar bo`yicha M.Azimovning ayblilik masalasi hal qilinmasdan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad qilish to`g`risida qaror qabul qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1