Toshkentda rep va didjeylarning Xalqaro festivali o`tkaziladi

Shou-biznes 15.05.2019, 12:01
Toshkentda rep va didjeylarning Xalqaro festivali o`tkaziladi

14 may kuni soat 15:00da “O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan rep yo`nalishida ijod qiluvchi yoshlar bilan ijodiy uchrashuv o`tkaziladi...

“O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur uchrashuvda rep va shu kabi yo`nalishlarni rivojlantirish, bu yo`nalishlarda ijod qilayotgan ijodkorlar bilan samarali hamkorlik qilish, ularni qo`llab-quvvatlash masalalariga alohida e`tibor qaratiladi.


Chunki rep yo`nalishida ijod qilayotgan ko`pchilik yoshlarga nisbatan salbiy qarashlar mavjudligi, shu bois bu yo`nalishda ijod qilayotganlar borasida turli fikrlar yuzaga kelgani ham sir emas. Mana shu sabablarni bartaraf etish, bu yo`nalishda tarbiyaviy ahamiyatga ega ijod namunalarini ko`paytirish orqali, uning foydali tomonlarini ko`rsatib berish, shuningdek, bu sohada ijod qilayotgan aksariyat yoshlar faoliyatida talabchanlik va mas`uliyat, ijtimoiy jarayonlarga daxldorlik tuyg`usini oshirishga ham ahamiyat qaratiladi.

Ma`lumot o`rnida shuni aytish joizki, joriy yilning 16-17-18 avgust kunlari Toshkent shahrida Rep va Didjeylarning Xalqaro festivalini o`tkazish belgilangan.

Shu bois ushbu uchrashuv orqali “O`zbekkonsert” davlat muassasasi kelgusida rep ijrochilarini saralash, ularning ijodini baholash, master-klasslar o`tkazish, original qo`shiqlar yaratishlariga ko`maklashish kabi tizimli ishlarni ham yo`lga qo`yishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari “O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda “Rep yo`nalishi” bo`yicha lebel, telegramm bot, instagram tarmoqlarida yangi rukn ochish va ularni yangiliklar bilan to`ldirib borish, yaxshi ijro mahoratiga ega rep ijodkorlarini saralash hamda ular orqali Vatanni ulug`lovchi qo`shiqlar tayyorlash va unga klip suratga olish, telekanallarda namoyish etish hamda ularni konsert dasturlariga tavsiya etish kabi ko`plab imkoniyatlar ham yaratiladi.

Mazkur davra suhbatida ishtirokchi ijodkorlar bilan fikr almashilib, rep yo`nalishining istiqboldagi rejalari belgilab olinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1