Buyuk britaniyalik go`zallik bo`yicha ekspertlar selfidan noto`g`ri foydalanish og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda, deya xabar berdi Actualnews.org nashri.
Selfidan foydalanishning zarari tamaki mahsulotlarini iste`mol qilish va quyoshda kuyishnikidan kam emas ekan. Bunga smatrfonlardan selfiga suratga tushilayotgan paytda chiqadigan elektromagnit nurlari sababchi ekan.
Selfi ishqibozlariga ma`lumki, ideal suratni qo`lga kiritish uchun kamida 50 tacha suratga tushish kerak. Demakki, smartfondan tarqaladigan elektromagnit nurlari ham selfi tushayotgan kishining terisini 50 marta zararlaydi. Bu esa terining juda tez qarishiga olib keladi.