1

Toshkent harbiy okrugida ham qo`shinlar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi

Jamiyat 24.04.2019, 20:03
Toshkent harbiy okrugida ham qo`shinlar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi

Bugun, 24 aprel kuni tongda berilgan signal bo`yicha Toshkent harbiy okrugi hududida joylashgan harbiy qism va muassasalar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi.

Qurolli Kuchlar bosh shtabi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari hamkorligidagi o`quv dasturiga ko`ra,24–25 aprel kunlari Toshkent viloyatining chegara hududlarida navbatdagi hamkorlikdagi qo`mondonlik-shtab o`quvlari bo`lib bo`lib o`tadi.

Mashg`ulotlarning ssenariysi bo`yicha Toshkent viloyati Oxangaron tumani chegara postlaridan birida bir guruh shartli noqonuniy qurollangan jangarilar to`dasi davlat chegarasini buzib o`tishga uringani haqida ma`lumot kelib tushadi. Chegara posti navbatchilik bo`linmalari olingan xabarni zudlik bilan hamkorlikdagi kuch tuzilmalarining hududiy bo`linmalari hamda tegishli idoralarga etkazadi. Toshkent harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondonligida olingan shartli signal bo`yicha qo`shinlar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirilib, jangovar texnikalardan iborat kolonnalar belgilangan joyga yo`l oladi.

Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari hamkorligida tashkil etilgan taktik o`quvlarga jami 500 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar, 100 dan ortiq harbiy texnika, shuningdek, Havo xujumidan mudofaa qo`shinlari va Harbiy xavo kuchlarining vertolyot aviasiyasidan 4 ta uchish apparati jalb etilgan.

Kunning ikkinchi yarmida Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari bo`linmalari bilan birgalikda noqonuniy qurollangan shartli jangarilar to`dasini yo`q qilish operasiyasio`tkazildi.

Amaliy mashg`ulotlar harbiy boshqaruv organlari o`rtasida jipslikni ta`minlash, qo`shinlar, shtab va qo`mondonlik tarkibida amaliy ko`nikmalarni yanada shakllantirishdan iborat.

Hamkorlikdagi mashqlarning 2-bosqichi ertaga, 25 aprel kuni Chirchiq dala o`quv maydonida davom etadi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1