“Mersedes-Bens” tirkamasi ostiga 1050 litr dizel yoqilg`isi yashirilganligi fosh etildi

Jamiyat 24.04.2019, 19:59
“Mersedes-Bens” tirkamasi ostiga 1050 litr dizel yoqilg`isi yashirilganligi fosh etildi

Bojxona xodimlari yoqilg`i mahsulotlarini mamlakatimiz hududiga noqonuniy olib kirishga bo`lgan urinishlarga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Xususan, “Olot” chegara bojxona posti xodimlari yurtimizga kirib kelgan fuqaro G.M boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli yuk avtomashinasinibojxona nazoratidan o`tkazishdi.

Natijada avtomashina tirkamasining ostki qismiga yashirincha olib o`tish maqsadida 1050 litr dizel yoqilg`isi berkitilganligifosh etildi.

Umumiy qiymati5 730 000 so`mni tashkil etuvchi ushbu mahsulotlar qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatidaolindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1