“Kobalt”ga nima yashirilgan edi?

Jamiyat 24.04.2019, 19:55
“Kobalt”ga nima yashirilgan edi?

Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi tomonidan maishiy texnika vositalarining respublikamizga noqonuniy olib kirilishiga doir bojxona qoidabuzilishi aniqlandi.

O`tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Kaptarxona-Farg`ona” yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro O.O boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasi Farg`ona shaharida to`xtatilib, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, avtomashina yukxonasi va salonida muqaddam qo`shni mamlakatdan noqonuniy yo`llar bilan olib kirilgan, xorijda ishlab chikarilgan, tegishli hujjatlari bo`lmagan, qiymati 16 million so`mlik
5 dona kondisioner komplekt xolatda va 1 dona kondisioner agregati borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1