1

Qonunbuzarlik qimmatga tushdi

Jinoyat 24.04.2019, 19:52
Qonunbuzarlik qimmatga tushdi

Amaldagi tartiblarga ko`ra, jismoniy shaxslar 20 turdagi maishiy texnika buyumlari, ofis texnikalari va boshqa jihozlarni har 6 oyda chegarani birinchi marotaba kesib o`tayotganda bojxona to`lovlarisiz faqat 1 donadan olib kirishlari belgilab qo`yilgan. Ammo, ayrim fuqarolar mo`may daromad ortirish maqsadida maishiy texnika buyumlarini yurtimizga noqonuniy yo`llar bilan olib kirishga urinishmoqda.

Farg`ona viloyati bojxonachilari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda shu kabi qonunbuzarlik holati fosh etildi. “Avval-Farg`ona-Marg`ilon” yo`nalishida harakatlangan fuqaro I.U.ga tegishli “Kobalt” rusumli avtomashina Marg`ilon shahridagi bozor hududida to`xtatilib, ko`zdan kechirilganda, avtomashina salonida yurtimizga noqonuniy yo`llar bilan olib kirilgan, xorijda ishlab chikarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o`tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo`lmagan umumiy qiymati qariyb 20 million so`mlik 18 donatelevizorlar borligi aniqlandi.

Sodir etilgan ushbu huquqbuzarlik viloyatning So`x tumani ma`muriy sudi tomonidan ko`rib chiqilib, qonunbuzarga nisbatan tegishli tartibda jazo tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1