1

Shavkat Mirziyoev Pekinga keldi

Siyosat 24.04.2019, 19:24
Shavkat Mirziyoev Pekinga keldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan Pekinga keldi.

«Shoudu» xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Xitoy rasmiy shaxslari kutib oldi.

“Bir makon, bir yo`l” xalqaro forumi birinchi marta 2017 yilda o`tkazilgan, unda ham davlatimiz rahbari qatnashgan edi. Bu galgi sammitda 40 dan ziyod mamlakat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Anjuman kun tartibidan mintaqadagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, uzoq muddatli taraqqiyotning yangi manbalarini izlab topish borasidagi sheriklikni faollashtirish, “yashil” iqtisodiyot va innovasiyalarni ilgari surish, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari o`rin olgan.

Forumning asosiy tadbirlari ertaga, 25 aprel kuni boshlanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoev XXR Raisi Si Szinpin, qator davlatlar va xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek, Xitoyning etakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o`tkazadi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1