1

Toshkentda badiiy gimnastika bo`yicha Jahon kubogi bosqichi tantanali ochildi

Sport 20.04.2019, 14:56
Toshkentda badiiy gimnastika bo`yicha Jahon kubogi bosqichi tantanali ochildi

19-21 aprel kunlari poytaxtimiz badiiy gimnastika bo`yicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi.

Kecha Gimnastika bo`yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o`smirlar sport maktabida ushbu nufuzli turnirning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo`mitasi, mamlakat gimnastika federasiyasi mutasaddi rahbarlari, xorijlik mehmonlar, sport jamoatchiligi hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

photo_2019-04-20_12-01-02.jpg

Ochilish marosimida so`zga chiqqan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o`rinbosari Oybek Qosimov turnir ishtirokchilari qutlar ekan, shunday dedi:

photo_2019-04-20_12-01-05.jpg

- Yurtimiz yana bir marta dunyoning eng kuchli sportchilari yig`iladigan ushbu turnirga mezbonlik qilib turganidan mamnunmiz. Ishonchim komil, Toshkentda o`tkazilayotgan badiiy gimnastika bo`yicha jahon kubogi yuqori saviyada o`tadi va unda ishtirokchilar o`zlarining yuksak mahoratlarini namoyish etadi.

Eslatib o`tamiz, dunyoning 23 davlatidan 80 nafarga yaqin kuchli gimnastikachi qizlar qatnashadigan Jahon kubogi bosqichida ishtirokchilarning 39 nafari yakkalik bahslarida o`z omadini sinab ko`radi. Yana 6ta jamoa guruh bahslarida ishtirok etadi.

Jahon kubogining navbatdagi bosqichida Vatanimiz sharafini yakkalik bahslarida Sabina Toshkenboeva va Ekaterina Fetisova himoya qiladi. Ularni musobaqaga iste`dodli murabbiy Liliya Vlasova tayyorlagan. Guruh mashqlarida O`zbekiston nomidan qatnashadigan Nilufar Shomurodova, Dinara Ravshanbekova, Sofiyabonu Qosimova, Kamola Ernazarova, Kseniya Aleksandrova, Sevara Safoevalardan iborat jamoamizga Rossiyadan taklif etilgan murabbiy Ekaterina Pirojkova hamda yurtdoshimiz Ra`no Muhamedova ustozlik qilmoqda.

photo_2019-04-20_12-01-04 (2).jpg

photo_2019-04-20_12-01-04.jpg

photo_2019-04-20_12-01-05 (2).jpg

photo_2019-04-20_12-01-04 (2).jpg

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1