1

​Kiyimlar orasiga yashirilgan kumush taqinchoqlar fosh etildi

Jamiyat 15.04.2019, 16:56
​Kiyimlar orasiga yashirilgan kumush taqinchoqlar fosh etildi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Shovot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o`tish bilan bog`liq holatlarga o`z vaqtida chek qo`yilmoqda.

Xususan, qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro A.S zargarlik buyumlarini yashirincha olib o`tishning yangi usulini o`ylab topdi.

Ushbu shaxs shaxs ustma-ust kiyib olgan kiyimlari orasiga selofan paketga o`rab tikib qo`yilgan, bojxona nazoratidan yashirilgan hamda deklarasiyalanmagan umumiy og`irligi 263,47 gramm bo`lgan kumush metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy olib kirmoqchi bo`lgaligi fosh qilindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1