1

Bir yarim sentnerlik ayol to`yining o`n yilligi uchun ikki barobar ozdi

Dunyo 14.04.2019, 15:44
Bir yarim sentnerlik ayol to`yining o`n yilligi uchun ikki barobar ozdi

145 kilogrammli avsraliyalik ayol turmush qurganining o`n yillik munosabati bilan ikki barobarga ozdi, deya xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Belinda Brodi (Belinda Brodie) Avstraliyaning Pert shahrida turmush o`rtog`i bilan umrguzaronlik qilib kelar edi. Ammo 2007 yili to`ng`ich farzandi dunyoga kelgach, Belindada gormonal o`zgarishlar ro`y berib, asta-sekin vazn ola boshlaydi.

Ortiqcha vazn, kutilganidek, ayolga noqulayliklar tug`dira boshlaydi. Alaloqibat, ayol o`zini boshqarolmay ham qoladi, negaki uning vazni naq 145 kilogrammga etgandi. Shundan so`ng ayol tirishqoqlik bilan jismoniy mashqlarni kuchaytiradi. Avvalboshda bir necha kilogrammga vazni kamaygach, oradan o`n yil o`tib Belinda 76 kilogrammga ozadi. Hozirda u vaznini yana ham kamaytirish ilinjida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1