1

Ehtiyot bo`ling: paxtali tayoqcha!

Dunyo 16.03.2019, 10:42
Ehtiyot bo`ling: paxtali tayoqcha!

Britaniyalik erkak qulog`ini paxtali tayoqcha bilan kavlab, miyasini yiringlatib yubordi, deya ma`lum qildi Global News axborot portali.

31 yoshli erkak chap qulog`ida o`n kundan beri og`riq borligidan shikoyat qilib, shifokorga murojaat etgan. Unda migren, ko`ngil aynishi kuzatilgan. Kerakli dorilarni olgach esa hushidan ketgan. Shundan so`ng u shifoxonaga yotqizilib, tomografiyadan o`tkazilgan. Uning miyasida yiringli yallig`lanish borligi aniqlangan. Bemor o`ziga kelgach, hatto ismini ham eslolmagan. Ma`lum bo`lishicha, u besh yildan beri qulog`ini paxtali tayoqcha bilan tozalab kelgan. Miya yallig`lanishiga esa paxta parchasi sabab bo`lgan.

Hozirda bemor o`zini yaxshi his etib, bundan keyin hech qachon paxta tayoqchasidan foydalanmaslikka qaror qildi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1