1

Uy buzilayotganda doimiy ro`yxatdagi har bir kishi inobatga olinmaydimi?

Savol-javob 26.02.2019, 15:25
Uy buzilayotganda doimiy ro`yxatdagi har bir kishi inobatga olinmaydimi?

— Uy-joy kodeksining 27-moddasiga o`zgartirish kiritilgan ekan. Unga ko`ra, buziladigan uy uchun doimiy ro`yxatdagi har bir kishiga emas, faqatgina uy egasiga baholangan narxda pul ajratilishi belgilanibdi. Shu rostmi?

G.Narzullaeva, Toshkent shahri Shayhontoxur tumani

Savolga Sherzod RAJABOV, Fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudi raisi javob berdi:

— Chindan 2018 yil 11 oktyabrdagi Qonun bilan Uy-joy kodeksining 27-mod­dasiga o`zgartirish kiritildi. Unga ko`ra, er uchastkalari davlat yoki ja­miyat ehtiyojlari uchun olib qo`yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo`lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlo­vi bo`yicha va taraflar kelishuviga ko`ra, uy-joy maydonining ij­timoiy normasidan kam bo`lmagan sahndagi, barcha qulayliklari bo`lgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi. Hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati to`lanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek er uchastkasiga bo`lgan huquqning bozor qiymati to`liq hajmda to`lanadi.

Shuni e`tiborga olish kerakki, buzilayotgan uy-joylar o`rniga mulkdorlarga faqat pul kompensasiyasi emas, balki mulkdorning tanlovi va taraflarning kelishuvi bo`yicha boshqa turar joy, er uchastkasi ham berilishi mumkin.

Buzilayotgan uylar o`rniga turar joyni mulk qilib berish va uylar, boshqa imoratlar, inshootlar hamda dov-daraxtlar qiymatini to`lash O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1