1

O`zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi II Respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo`lib o`tdi

Jamiyat 19.02.2019, 21:19
O`zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi II Respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo`lib o`tdi

Joriy yilning 18-19 fevral kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi va O`zbekiston ixtirochi ayollari markazi tomonidan «O`zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi» II Respublika tanlovining yakuniy bosqichi boshlandi.

Tanlov doirasida ishtirokchilarning ishlanmalari, maket va innovasion mahsulotlari bo`yicha ko`rgazma tashkil qilinadi.

Tanlovning birinchi bosqichida 4000dan ziyod olima ayollar, tadqiqotchilar, iqtidorli talaba va o`quvchi qizlar, ixtirochi, rasionalizator, muhandis, konstruktor, dasturchi, shifokor, farmasevt, mutaxassis, hunarmandhamda tadbirkor xotin-qizlar o`z ixtirolari, innovasion g`oya, texnologiya va loyihalari bilan ishtirok etdi.

Tanlovnining yakuniy bosqichida 300 dan ziyod ishtirokchilarning hujjatlari va innovasion loyihalari Respublika Ekspertlar Kengashi tomonidan ko`rib chiqiladi hamda ularning taqdimotlari eshitilib, keng muhokama qilinadi.

Loyihalar ichidan 100 ta eng munosib loyihalar va ularning mualliflari-tanlov g`olibi sifatida tanlab olinadi.

Tanlovning taqdirlash marosimi joriy yilning 26 fevral kuni Toshkentdagi INXA universitetida bulib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1