Jahon modasi afsonasi Karl Lagerfeld 86 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Meduza.
So`nggi kunlarda modelerning ahvoli og`irlashib, u Parijdagi shifoxonaga tushib qolgan edi. Uning o`limining aniq sababi aytilmayapti.
Karl Lagerfeld 1933-yilda Gamburg shahrida tug`ilgan. 1950 yilda u Parij shahriga borib, Chloe, Jean Patou va Fendi moda uylari bilan hamkorlik qila boshlagan.
1983 yilda Chanel modalar uyining ijodiy direktori etib tayinlangan va umrining so`nggiga qadar ushbu brend bilan hamkorlik qilgan.