1

​O`zbekistonda xokkeyni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Sport 19.02.2019, 19:14
​O`zbekistonda xokkeyni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

2019 yil 19 fevral kuni Moskva shahrida O`zbekiston Xokkey Federasiyasi Prezidenti Baxtiyor Fozilov hamda uning o`rinbosari Kirill Matveev Kontinental Xokkey ligasi boshqaruvi Prezidenti Dmitriy Chernishenko bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog`ida mazkur ssport turini O`zbekistonda yanada rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Ayni paytda O`zbekistion rahbariyati tashabbusi bilan mamlakatimizda birinchi professional muz saroyi “Humo Arena” qurib bitkazilmoqda. O`zbekistonning turli hududlarida zamonaviy muz maydonchalari qurilmoqda.

Xokkey dunyoda kengtarqalgan sport turlaridan biri sanaladi. Bugun O`zbekistonda sportning ushbu turiga qiziqish tobora ortib bormoqda. Qisqa fursatda mazkur sport turini yuksak darajada rivojlantirish, bu borada ulkanyutuqlarga erishgan Rossiya xokkey maktabitajribasidan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega.

Tomonlar strategik hamkorlikni yo`lga qo`ygan bu ikki mamlakatda xokkeyni yanada rivojlantirish, yangi muz saroyida ikki mamlakat sportchilari o`rtasida bellashuvlar tashkil etish bo`yicha kelishib oldilar. Muzokaralar chog`ida qisqa fursatda o`zbekistonlik xokkeychilar xalqaro maydonda o`zining munosib o`rnini topa olishiga ishonch bildirildi, deya xabar beradi O`zbekiston Xokkey federasyasi matbuot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1