1

Jizzaxda behayo mazmundagi disklar savdosiga chek qo`yildi

Jinoyat 18.02.2019, 20:15
Jizzaxda behayo mazmundagi disklar savdosiga chek qo`yildi

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda inson ruhiyatiga salbiy ta`sir etuvchi jangari va pornografik mazmundagi kontrafakt videofilmlarning noqonuniy tarqatilishiga qarshi kurashish maqsadida Jizzax shahar “Ko`k bozor” savdo majmuasida tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida O`zbekiston Respublikasi fuqarolari U.I, N.T va H.Q lar jami qiymati 3,763 ming so`mlik 836 dona lisenziyalanmagan, jangari va behayo mazmundagi videofilmlar hamda turli xildagi xorijiy musiqa kliplari yozilgan kontrafakt DVD va SD disklarni Jizzax shahridagi “Ko`k bozor” savdo majmuasi hududida sotayotgan vaqtida qo`lga olindi.

Fuqarolar o`z ko`rsatmalarida mazkur disklarni Toshkent shahridagi bozorlarning biridan sotib olganliklari va qayta sotib foyda ko`rish maqsadida Jizzax shahriga olib kelganliklarini bayon qilishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1