1

Turkiyalik aktyor Burak O`zchivit O`zbekistondan qancha gonorar olib ketdi?

Shou-biznes 18.02.2019, 19:50
Turkiyalik aktyor Burak O`zchivit O`zbekistondan qancha gonorar olib ketdi?

Turkiyalik mashhur aktyor va model Burak O`zchivit 14 fevral kuni O`zbekistonga keldi. U “Zo`r tv” telekanalida bir necha ko`rsatuvlarda ishtirok etdi. Shuningdek, reklama loyihalarida suratga tushdi.

Sputnik yozishicha, aktyor Toshkentga aynan muxlisalari bilan ziyofatda ishtirok etish uchun kelgan.

Ular orasida O`zbekistondagi nufuzli shaxslarning rafiqalari, biznes-ledilar, model biznesi vakilalari ham bo`lgan.

Xabarlarga ko`ra, o`z iste`dodini qadrlovchi ayollar bilan 2,5 soatlik muloqoti evaziga u 2 million turk lirasi (qariyb 380 ming dollar) pul ishlab olgan.

Aktyor O`zbekiston unga juda yoqqanini, u erda ko`plab xushmuomala va mehmondo`st kishilarni uchratgani, shu sababli albatta u erga qaytib borishini aytgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1