Hayot go`zalligini his etishning 5 usuli

SUG'DIYONA 17.02.2019, 21:25
Hayot go`zalligini his etishning 5 usuli

1. O`zlikni sevish san`atini o`rganing. Har tong «hayotimdagi eng asosiysi — o`zim. Nima bo`lishidan qati nazar, bu qoidaga doim amal qilaman», deyishni o`rganing. «Men kuchliman», «Men o`zimni sevaman», kabi gaplar ham yaxshi natija beradi.

2. Osoyishtalikni saqlang. Ichki xotirjamlik har qanday sharoitda ham qo`l keladi. O`tirib, ko`zingizni yuming. So`ng tanangiz bo`ylab yorqin nur tarqalayotganini his qiling. 10 daqiqalik bunday meditasiya kuch-quvvat va kayfiyat bag`ishlaydi.

3. Ko`tarinki kayfiyat. Bir necha soniya ichida bunga erishish usulini bilasizmi? Tik turgan holda chuqur nafas olib, kulishga harakat qiling. Agar g`amginlik sizni tark etmasa, albatta shu usuldan foydalaning.

4. Hayotingizni 180 darajaga o`zgartiring. Agarda siz kundalik, doim bir xil voqealar va holatlardan chiqib keta olmayotgganingizni his qilsangiz, unda hayotingizga o`zgartirish kiriting.

Yotoqxonada karavotingizni o`rnini, ishga borayotganda esa boshqa turli yo`nalish orqali boring. Kichik o`zgartirishlar, kata o`zgarishlarga sabab bo`ladi.

5. Orzularingizni aniqlang. Maqsad va orzularingizni oldingizga aniq qo`ying. Ularni hatto qog`ozga yozib quyib, kunda bir marta ularga nazar tashlash ijoybiy natijalarga olib keladi. Shu barcha maslahatlarimizga amal qilsangiz, hayot naqadar go`zal ekanligini anglab etasiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1