Rektor universitet professor-o`qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi

Jamiyat 19.01.2019, 22:35
Rektor universitet professor-o`qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi

18 yanvar kuni Samarqand shahridagi Yoshlar markazida A.Abduhakimov universitet professor-o`qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

– Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur universitet mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda o`z o`rniga ega bo`lishi kerak, – dedi A.Abduhakimov. – Avvalo, bu erda dars berayotgan professor-o`qituvchilarning salohiyati, talabalarning bilimi va intilishi “xalqaro”, degan maqomga mos bo`lishi zarur. Universitet uchun qurilayotgan bino, jihoz, axborot-kommunikasiya tizimlari va boshqa sharoitlar hammasi zamon talablari darajasida bo`ladi. Universitet talabalarining xorijiy mamlakatlarda amaliyot o`tashi uchun ajratilgan 30 foizlik kvota kamlik qiladi. Bu boradagi ishlarimizni davom ettiramiz va kerak bo`lsa, talabalarning barchasi chet elda malaka oshirib kelishi, tajriba o`rganishi uchun imkoniyat yaratamiz. Lekin bu harakatlarimiz natija berishi, universitetimizni bitirgan har bir mutaxassis yurtimiz turizmi rivojiga o`z hissasini qo`shishi kerak.

Ochiq muloqot tarzidan o`tkazilgan tadbirda universitet o`qituvchilari, talabalar mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga ushbu jarayonda yuzaga kelayotgan muammollar va ularning echimi yuzasidan o`z taklif va tashabbuslarini bildirdi.

Eslatib o`tamiz, Shavkat Mirziyoev joriy yilning 11 yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Turizm, ta`lim, sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari Aziz Abduhakimov zimmasiga Samarqandda o`tgan yil faoliyat boshlagan “Ipak yo`li” turizm xalqaro universiteti rektorligini ham yuklagan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1