1

Yunusobodda yuz bergan YTHda "Kobalt" ag`darilib ketgan

Jamiyat 19.01.2019, 21:46
Yunusobodda yuz bergan YTHda "Kobalt" ag`darilib ketgan

Kecha, 18 yanvar kuni soat taxminan 19.00da Toshkent shahar Yunusobod tumanida YTH ro`y berdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Qayd qilinishicha, tumandagi Usta Shirin va Ahmad Donish ko`chalari chorrahasida 18 yoshli haydovchi boshqaruvidagi "Kobalt" va 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi "Lasetti" o`rtasida to`qnashuv yuzaga kelgan. Natijada "Kobalt" ag`darilib ketgan.

Hodisa oqibatda "Kobalt"dagi yo`lovchisi Maxtuba A. 41 yoshli ayol tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan. Haydovchilar esa shikastlanishmagan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1