1

Ish haqining eng kam miqdori oshirildi

Jamiyat 19.01.2019, 21:40
Ish haqining eng kam miqdori oshirildi

Hukumat qarori bilan Mehnatga haq to`lash yagona tarif setkasiga o`zgartirish kiritildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Kiritilgan qo`shimchalarga muvofiq, mehnatga haq to`lashning 1-, 2- hamda 3-razryadlari koeffisientlari 2,476, 2,725, 2,998 dan tegishlicha 2,847, 2,997, 3,148 ga oshirildi.

Kiritilgan qo`shimchalar shuni anglatadiki, xodimlarga to`lanadigan ish haqining eng kam miqdori 501 ming 959 so`mdan 577 ming 172 so`mga oshirildi.

Endilikda, O`zbekistonda 577 ming 172 so`mdan kam oylik ish haqi to`lanishi mumkin emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1