1

Samarqandda er xotinini ayovsiz kaltaklab o`ldirdi

Jinoyat 19.01.2019, 21:32
Samarqandda er xotinini ayovsiz kaltaklab o`ldirdi

2019 yil 18 yanvar kuni Samarqand shahrida Kimyogarlar qo`rg`onida yashovchi S.A. uyida birga yashagan rasmiy nikohsiz turmush o`rtog`i B.K. (ismli ayol) bilan birga spirtli ichimlik iste`mol qilib, o`rtalarida kelib chiqqan o`zaro janjal tufayli S.A. ayolning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat etkazgan.

Natijada B.K. (ismli ayol) voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, S.A. qo`lga olingan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1