1

Samarqand shahrida ilk info-kiosk ishga tushdi

Jamiyat 19.01.2019, 12:21
Samarqand shahrida ilk info-kiosk ishga tushdi

Vendo kompaniyalar guruhi hamda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti hamkorlik loyihasi asosida Samarqand shahrida (Gagarin ko`chasidagi 7-umumta`lim maktabi yonida) birinchi marta info-kiosk faoliyati yo`lga qo`yildi. Bu haqda "Zarafshon" nashri xabar berdi.

Wi-fi tizimidan foydalanish, telefon qilish, turli ma`lumotlar olish kabi imkoniyatlarni o`zida mujassam etgan info-kiosk xizmatlaridan bepul foydalanish mumkin. Viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati vakilining so`zlariga ko`ra, loyiha tajriba sifatida amalga oshirilayotgan bo`lib, yaqin kelajakda shahrimizning sayyohlik hududlarida 200 ga yaqin shunday kiosklar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1