Amir Temur ko`chasidan Abdulla Qodiriy ko`chasiga tutash yo`li 1 avgustgacha yopiladi

Jamiyat 19.01.2019, 12:18
 Amir Temur ko`chasidan Abdulla Qodiriy ko`chasiga tutash yo`li  1 avgustgacha yopiladi

Toshkent shahar hokimining tegishli farmoyishiga muvofiq, haydovchi va piyodalar xavfsizligini ta`minlash maqsadida poytaxtimizning Amir Temur ko`chasidan Abdulla Qodiriy ko`chasiga tutash yo`li 2019 yilning 1 avgust kuniga qadar vaqtinchalik yopiladi.

Ushbu ko`chalarda qurilish ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun poytaxt ma`muriyati uzr so`ragan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1