1

O`zbekiston Yoshlar Ittifoqining 2018 yildagi faoliyati sarhisob qilindi

Jamiyat 19.01.2019, 12:01
O`zbekiston Yoshlar Ittifoqining 2018 yildagi faoliyati sarhisob qilindi

Bugun “Yoshlar press klubi”da O`zbekiston yoshlar ittifoqining 2018 yildagi faoliyati sarhisobiga bag`ishlangan brifing bo`lib o`tdi.Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o`tkazilgan brifingda Markaziy Kengash raisining birinchi o`rinbosari Alisher Sa`dullaev yillik sarhisob yuzasidan batafsil ma`lumot berdi.

Chunonchi, Ittifoq qoshida yoshlar tashabbuslari asosida 26 ta turli yo`nalishdagi tashkilotlar faoliyati yo`lga qo`yildi. Jumladan, Yosh ijodkorlar kengashi, Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi, Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko`rsatish markazi, Yoshlar nashriyot uyi, Yosh kinoijodkorlar kengashi, Yosh dizaynerlar kengashi, Yoshlar fermerlar kengashi, Yosh olimlar kengashlari shular jumlasidan.

27 iyun kuni Davlatimiz rahbarining “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to`g`risida”gi PF-5466-sonli farmoni qabul qilinib, bunga muvofiq “Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasi faoliyatining yo`lga qo`yilgani,“Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasidan imtiyozli kredit olib, o`z biznesini yo`lga qo`ygan yosh tadbirkorlarga 1 ming 66 nafar yosh fermerga 52 milliard so`m, yosh tadbirkorlarning 4 ming 300 ta loyihasiga 226,6 milliard so`m, jami 278,6 milliard so`m 13 foizlik imtiyozli kreditlar ajratilishi ta`minlandi.

Birinchi bor 30 iyun – “Yoshlar kuni” yurtimizda nishonlandi Unda 3 millionga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek, ilk bor “Mard o`g`lon” Davlat mukofoti hamda “Kelajak bunyodkori” medallariga tengdoshlariga o`rnak bo`layotgan 42 nafar yigit-qizga topshirildi. 41 nafar yosh “O`zbekiston belgisi” ko`krak nishoniga loyiq topilib, mukofot bilan taqdirlangan bo`lsa, yil davomida alohida faollik ko`rsatgan 17 nafar yoshlar “O`zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti”ni qo`lga kiritgani, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida tashkil etilgan Yoshlar muammolarini o`rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida 500 nafarga yaqin tinglovchi tahsil olib, malaka oshirishga muvaffaq bo`lgani birgina mana shu o`tgan 2018 yildagi yutuqlarning debochasi desak mubolag`a bo`lmaydi.

Yana bir jihat O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qilish organlari tizimida O`zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkilotlari faoliyati yo`lga qo`yilib, harbiylar va tizimdagi yosh xizmatchilarning O`zbekiston yoshlar ittifoqiga a`zo bo`lish mexanizmining huquqiy asosi yaratildi. 2018-2021 yillarda qurilishi rejalashtirilgan 8 ming 600 ga yaqin ko`p qavatli “Yoshlar uylari”dan 848 tasining kaliti yosh oilalarga topshirilishi,

O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi faoliyati tashkil etilib, xorijda ishlayotgan, tahsil olayotgan o`zbekistonlik yoshlarni ijtimoiy himoya qilish mexanizmi yaratildi.

Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida “O`zbekiston-Rossiya yoshlar forumi” hamda 27-31 oktyabr kunlari “O`zbekiston-Rossiya yoshlar festivali” yuqori saviyada tashkil etildi.

Xorijiy davlatlarda ta`lim olayotgan va mehnat qilayotgan, asli kelib chiqishi o`zbekistonlik bo`lgan yoshlarda ishtirokida 7-14 aprel kunlari “Yosh vatandoshlar” festivali o`tkazilib, unga 18 ta davlatda istiqomat qiluvchi 56 nafar yosh vatandoshlarimiz ishtirok etdi.

8-18 may kunlari Yoshlar ittifoqining ko`magi asosida mamlakatimizning yosh kinoijodkorlari Fransiyada o`tkazilgan 71-Kann Xalqaro kinofestivalida ishtirok etib, unda ilk bora “Uzbekistan” milliy pavilonini tashkil etdi.

26-30 iyun kunlari Toshkent va Samarqandda “Markaziy Osiyo yoshlar forumi” yuqori saviyada o`tkazildi.

Xitoyning Sindao shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo davlatlarning Yoshlar kengashi yig`ilishida O`zbekiston yoshlar ittifoqi delegasiyasi ishtirok etib, O`zbekiston yoshlar ittifoqi mazkur kengashga rasman a`zo bo`lib kirdi.

Rossiya yoshlar ittifoqining taklifiga binoan 1-7 oktyabr kunlari Rossiya Federasiyasining Moskva, Astraxan va Volgograd shaharlarida o`tkazilgan “III Rossiya – O`zbekiston yoshlar forumi” hamda 2-14 oktyabr kunlari Belgorod shahrida o`tkazilgan “Rossiya – O`zbekiston yoshlar biznes inkubatori” tashkil etilib, ularda O`zbekiston yoshlar ittifoqining delegasiyasi a`zolari (jami 30 nafar) ishtirok etdi.

Termizdagi “Amudaryo” oromgohida Markaziy Osiyo yoshlarining “Do`stlik forumi” o`tkazildi.

Shuningdek, yosh kinoijodkorlarni qo`llab-quvvatlash hamda xorijlik malakali mutaxassislar bilan tajriba almashishlariga imkoniyat yaratish maqsadida 27-30 noyabr kunlari IV “PROlogue” xalqaro kinofestivali bo`lib o`tdi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan 2018 yilda ko`plab istiqboli loyihalar amalga oshirildi. Bu ezgu ishlar joriy 2019 yilda ham izchilik bilan davom ettiriladi.

Shuningdek, birifing ishtirokchilari O`zbekiston yoshlar ittifoqi tizimidagi tashkilotlarning 2018-yildagi faoliyati bo`yicha maxsus ko`rgazmasi tashkil qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1