1

Rio-de-Janeyroda yuqori havo harorati kuzatilmoqda

Dunyo 19.01.2019, 11:49
Rio-de-Janeyroda yuqori havo harorati kuzatilmoqda

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida yuqori havo harorati kuzatilmoqda, deya ma`lum qilmoqda Ntdtv.ru nashri.

Kunlarning isib ketishi esa nafaqat odamlarga, balki jonivorlarga ham salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shahardagi markaziy hayvonot bog`ida jonivorlar issiq haroratdan aziyat chekishmoqda. Bog` ma`muriyati esa ularga muzqaymoq va muzlatilgan mahsulotlar berishni boshlagan. Shuningdek, bu erda hayvonlarni tez-tez cho`miltirishni kanda qilishmayapti. Xodimlarning ta`kidlashicha, ayrim jonivorlar issiq sharoitga moslashmagan bo`lib, nobud bo`lishi mumkin. Rio-de-Janeyroda ayni vaqtda havo harorati 35 daraja ekanligi qayd etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1