1

Fazliddin G`oibnazarov professional boksdagi ettichi g`alabasiga erishdi

Sport 19.01.2019, 09:38
Fazliddin G`oibnazarov professional boksdagi ettichi g`alabasiga erishdi

Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G`oibnazarov bugun Nyu-Yorkda dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi ringga chiqdi.

Sakkiz raundlik jang muddatidan oldin yakunlandi. Bokschimiz raqibini uchinchi raundda nokdaun holatiga tushirdi. To`rtinchi raund yakunlangach Garsiya jangni davom ettira olmasligini ma`lum qildi.

Bu Fazliddin uchun professional boksdagi ettinchi jang bo`ldi. U barcha janglarini g`alaba bilan yakunlagan. Janglarning to`rttasida raqiblarini nokautga uchratgan. Rikardo Garsiya esa 20 marotaba ringga chiqib, 14 marotaba g`alaba qozongan (9 ta nokaut). 5 ta jangda mag`lub bo`lgan. Fazliddinga qarshi bahsda u faoliyatidagi dastlabki nokautni qabul qilib oldi. Bitta jangida esa durang qayd etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1