1

Samarqandda fuqaro qo`shnisini o`ldirish uchun qotil yolladi

Jinoyat 19.01.2019, 09:14
Samarqandda fuqaro qo`shnisini o`ldirish uchun qotil yolladi

Joriy yilning 2 yanvar kuni Samarqand shahri, So`zangaron mahallasi X.Yusufi ko`chasida istiqomat qiluvchi S.Sh. o`zining mahalladoshi Sh.M. bilan avvaldan bo`lgan o`zaro kelishmovchiligi tufayli uni yo`q qilish maqsadida Sh.M.ni o`ldirish uchun o`zining bir tanishi R.N.ga ushbu taklifni bildiradi.

Agar ushbu qotillik jinoyatini sodir etgan taqdirda, unga 1.500 AQSh berishini va`da qilib, avans tariqasida unga oldindan 100 AQSh dollari beradi.

9 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo`limi va Samarqand shahar IIO FMB JQB xodimlari xamda viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro S.Sh. o`zining tanishi R.N.ga Sh.M.ning soxtalashtirilgan, qotillik holati aks etgan fotosuratini ko`rganidan so`ng unga 800 AQSh dollari berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berishicha, hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Prokuraturasi tomonidan S.Sh.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1