1

Taniqli aktyor Po`lat Saidqosimov vafot etdi

Jamiyat 18.01.2019, 15:58
Taniqli aktyor Po`lat Saidqosimov vafot etdi

Bugun, 18 yanvar kuni O`zbekiston xalq artisti Po`lat Saidqosimov 88 yoshida vafot etdi.

Avvalroq, Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida filmga tushayotgan taniqli aktyor, O`zbekiston xalq artisti Po`lat Saidqosimovning to`satdan tobi qochib qochib, boshidan jarrohlik amaliyotini o`tkazgani haqida xabar berilgan edi.

O`zbekkino milliy agentligi matbuot xizmati ma`lumotiga ko`ra, Po`lat Saidqosimovning janoza namozi 19 yanvar kuni peshin namozi vaqtida Sag`bondagi masjidda o`qiladi.

"Chol va nabira" filmi haqida gap ketganda kino ixlosmandlari ko`z oldiga O`zbekiston xalq artisti Po`lat Saidqosimov kelsa ajab emas. Cho`rtkesar, donishmand qariya obrazi ko`pchilikning mehrini qozongan edi.

"Darakchi" tahririyati jamoasi marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1