1

Po`lat Saidqosimovning ahvoli og`irligicha qolmoqda

Jamiyat 17.01.2019, 16:14
Po`lat Saidqosimovning ahvoli og`irligicha qolmoqda

Avvalroq Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida filmga tushayotgan taniqli aktyor, O`zbekiston xalq artisti Po`lat Saidqosimovning to`satdan tobi qochib qochib, boshidan jarrohlik amaliyotini o`tkazgani haqida xabar bergan edik.

"Hozirda P.Saidqosimovning ahvoli og`irligicha qolmoqda. Bemor Toshkent shahriga Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markazining jonlantirish bo`limida yotibdi. Malakali shifokorlar uning hayoti bilan kurashmoqda", - deyilgan O`zA xabarida.

Bemorni O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markazi bosh direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor A.Xadjibaev ko`rikdan o`tkazib, operasiya amaliyotini amalga oshirgan.

Operasiya juda murakkab kechgani sababli uning davomiyligi 6 soat davom etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1