1

Mashhurlikka intilgan blogerlarning faoliyati uzoqqa bormadi (video)

Jamiyat 17.01.2019, 16:04
Teglar: Video
Mashhurlikka intilgan blogerlarning faoliyati uzoqqa bormadi (video)

Toshkentda bir guruh blogerlarning noqonuniy xatti-harakatlari ichki ishlar organlari xodimlari e`tiboriga tushdi. Ular qanday qilib mashhur bo`lmoqchi edilar?

Instagram ijtimoiy tarmog`iga o`zlarini blogerlar deb hisoblaydigan bir guruh yoshlar tomonidan tayyorlangan videolavhalar joylashtirilgan. Bu haqda "Mening yurtim" telekanalida efirga chiqqan lavhada aytiladi.

Qayd etilishicha, ushbu videoroliklarga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv tadbirlari olib borilgan.

Surishtiruv davomida aniqlanishicha, bolalar tomonidan tayyorlangan videolarning biri poytaxtda joylashgan supermarketda o`zlarining tanishi yordamida olingan bo`lib, unda sun`iy janjal uyushtirilib, jamoat joyida haqoratli so`zlarni qo`llaganliklari va shuningdek, bu qahramonlar Mirzo Ulug`bek tumanida o`rtog`iga tegishli bo`lgan avtomashinani olib qochib, uning ortidan sherigi boshqa avtoulov orqali quvib o`tgan holda yo`l xavfsizligi qoidalariga zid bo`lgan harakatlarni amalga oshirganliklari ayon bo`lgan.

Yuqoridagi harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, EKIH 3 barobari miqdorida jarima solishga sabab bo`lgan.

Shuningdek, Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan avtoulovlar vaqtinchalik jarima maydoniga qo`yilib, haydovchilarga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 135-moddasiga asosan bayonnoma tuzilgan va haydovchilik guvohnomalari olib qo`yilgan.

"Biz bu videorolikni tasvirga olishda rus blogerlarining g`oyasidan foydalanib, takrorlashga harakat qilib ko`rdik. Birinchi navbatda biz qonunlarimizni buzdik va bu bilan boshqa insonlarni hayotini xavf ostiga qo`yganimizni anglab etdik. Asosiy bu xatolarni boshqa qaytarmaslik kerakligi angladik va bu videorolikni albatta o`chirib tashlayman", - deb afsusdagiligini bildirdi blogerlardan biri.

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1