1

Kelinini o`ldirgan johil qaynonaning qilmishi oshkor bo`ldi

Mutolaa 16.01.2019, 10:26
Kelinini o`ldirgan johil qaynonaning qilmishi oshkor bo`ldi

— Dadajon, meni olib keting, o`tinaman. Qaynonamning afzoyi buzuq. Juda qo`rqib ketyapman. Bu har kungi janjal emas, dadajon, ishoning menga...

— Ozgina sabrli bo`l, qizim. Hali hammasi yaxshi bo`ladi. Hadeb arazlab kelaversang, oila bo`ladimi?

— Oyijon, kim yig`layapti? Saodat buvimmi? Ularni kimdir xafa qildimi?

— Tanlab-tanlab uchragan kelinimizni qara! Biram noshud, biram uquvsiz, biram imillagan. Shuni ko`rsam, asabim qo`ziydigan bo`lib qoldi o`zi.

— Qo`ying, oyi. Qayoqdagi zoti pastlarni deb asabingizni buzmang. Ana qo`ydek yuvosh ekan. Hali yo`rig`ingizga solib olasiz.

— Sen uni qo`ydek yuvoshligiga qarama. Bilgani ichida u pismiqni!Yaltoqlanib odamni ko`nglini olishga usta ekan. Baxtiyorimni mendan aynitib olmasaydi! Shundog`am uylangandan beri ukang o`zgarib qolgan.

— Siz bo`sh kelmang, oyi. Hozirdan qo`yib bersangiz, boshingizga chiqadi.

— To`g`ri aytasan, qo`yib beradigan axmoq yo`q!

— Kelinposhsha, chaqirganimni eshitmadingizmi?Opalaringizga dasturxon tuzamaganingiz etmaganday, kuzatishga ham chiqmadingiz. Bu nimasi? -Sojidaxonning qoshlari chimirilib, ovozi yanada keskin tus olgandi. Nargiza yig`idan qizarib ketgan ko`zlarini ko`tardi:

— Hammasini eshitdim, oyijon. Men....

— Gap poyladim deng! Tarbiyasiz! Oying institutda ma`ruza o`qiguncha,qizlariga odob-axloq, mehmon kutish, hurmat-izzat haqida tushuncha bersa bo`larmidi! Baxtiyorjonga darrov o`ntasini qo`shib etkazgandursan!

— Achchiq ustida uyingni tashlab kelib noto`g`ri qilibsan, Nargiza. Bunaqa mayda-chuyda gaplar turmushda bo`lib turadi, e`tibor berma. Hali yangi kelinsan, ulari seni yaxshi bilishmaydi. Yaxshi amallaring bilan gaplari noto`g`riligini ko`rsatishing kerak edi.

— Meni u erda hech kim xushlamaydi. Kuyovingizni esa men bilan ishi yo`q. O`sha uyda siqilib ketyapman.

— Dadajon, meni olib keting, o`tinaman. Qaynonamning afzoyi buzuq. Juda qo`rqib ketyapman. Bu har kungi janjal emas, dadajon, ishoning.

— Ozgina sabrli bo`l, qizim. Hali hammasi yaxshi bo`ladi. Hadeb arazlab kelaversang, oila bo`ladimi?

Qizining qo`ng`irog`idan Karim akaning ko`ngli g`ash tortdi. Farzandining qaltiroq ovozi qulog`i ostida jaranglayverdi. «Qudanikiga borib, vaziyatni bilsammikin», deya bir xayol qildi-yu, ammo rafiqasi Saodatxoninng «Hadeb ularning janjaliga aralashavermang» degan gapi yodiga tushib fikridan qaytdi.

Tong saharda esa qudanikidan xabar keldi: Nargiza o`zini osib qo`yganmish.

***

Endigina o`g`limni uxlatishga hozirlanayotgan edim, to`satdan qo`shnim Saodat opaning baqirib yig`layotgani eshitildi. O`g`lim ko`zlarini ishqagancha, menga hayron tikilib qoldi:

Ko`p qavatli uylarda yashash ba`zan ana shunday noqulayliklar tug`diradi: qo`shni xonadondagi shovqin baralla butun domga tarqaladi. Savol berayotgan o`g`limni chalg`itishga urindim. Biroz vaqtdan so`ng u shirin uyquga ketdi. Saodat opaning dard to`la nolasi esa elas-elas qulog`imga chalinib turardi.

Saodat opa va Karim aka bizdan bir qavat yuqorida istiqomat qilishadi. Bundan atigi olti oy avval ularning oilasiga hammaning havasi kelar edi. Karim aka katta bir korxonaning bosh hisobchisi, Saodat opa esainstitutda dars berardi. Oilaning uch farzandi ham o`qimishli, turmush qurib o`zidan tinchib ketishgan. Eng kenjasi Nargiza hali talaba edi. Farzandlari, ayniqsa ikkala qizlari go`zal tarbiyasi, muloyim fe`li va shirinsuxanligi bilan barchaning ko`nglidan joy olgandi.

Kenja qiz – Nargiza istarasi issiq, xushbichim qolaversa, chaqqongina ham edi. Shundanmi, endigina o`qishga kirganiga qaramay, sovchilarning keti uzilmasdi. Saodat opa nuqul qizining og`zini poylar,Nargiza esa nomzodlarning birortasiga ham ro`yhushlik bermasdi. Endigina o`qishga kirgani uchun talabalik gashtini surishni istardi. Saodat opa qizini bir ammallab Karim akaga ham ma`qul kelgan kuyovlikka nomzod yigit bilan uchrashishga ko`ndirdi.

Yoshlarning yulduzi yulduziga to`g`ri kelib, tez orada unashtiruv bo`lib o`tdi. Saodat opa qizini kam-ko`stsiz uzatish uchun elib yugurdi. Ammo ba`zan qudasi Sojidaxonning sovuq muomalasidan yuragi g`ashlanardi: «Ishqilib adashmagan bo`laylik-da», deya.

Ikki oy o`tib to`y bo`lib o`tdi. Nargiza qalbida shirin orzu-umidlar, egnida oppoq bejirim kelin libosida ota uyini tark etdi. Saodat opa va Karim aka qizlarini ko`zda yosh bilan kuzatib qolishdi.

To`yning ertasi kunidanoq Nargiza kelinlik vazifalarini bajarishga astoydil kirishdi. Lekin yangi oilasida hammasi ham o`zi kutganidek bo`lib chiqmadi. Umr yo`ldoshi Baxtiyor oilada uch qizdan keyin tug`ilgan yagona o`g`il farzand edi. Oyisi va opalari uni er-u ko`kka ishonishmas, atrofida girdikapalak bo`lishardi. Shu sababmi,u anchagina erka, dangasa va bolalarcha qaysar edi. Otasi joylab qo`ygan ishiga arang borib kelar, ko`pincha telefondan qo`li bo`shamasdi. Nargiza «Men uchrashgan xushchaqchaq va mehribon yigit shu edimi» deya hayron qolardi. Bora-bora u erining fe`liga ko`nikdi.

Qaynonasi Sojidaxon kelinni yoqtirmasligini yashirib o`tirmasdi. Uning har bir ishidan kamchilik topar, noshud va epsizlikda ayblardi. U Nargizani qaynopalariga yoki Baxtiyorga tinmay yomonlar, kelinchakning o`zi ham bunga bir necha marta guvoh bo`lgandi.

Qaynonasining gaplari beixtiyor ikki haftalik kelinchakning qulog`iga chalindi. Nafasi bo`g`ziga tiqilib, ko`zlarida yosh aylandi. Endi o`rtancha qaynopasi ham gapga aralashdi:

Nargiza ortiq chidolmadi. Qo`lidagi bir patnis qand-qurs, shirinliklarni olib kirishga ham majoli etmay,ularni erga qo`ydi-yu, yig`lagancha xonasi tomon yugurdi.

Nega axir?! Uni aybi nima? Qo`lidan kelgancha kelinlik vazifalarini bajarayotgan bo`lsa, hatto,darslarini ham chetga surib qo`ydi. Kunora kelib ketadigan qaynopalari-yu, telefondan ortmaydigan qo`rs erining ko`nglini olish uchun o`zini o`qqa-cho`qqa uradi...

Qaynopalari ketishgach qaynonasi shahd bilan xonasiga kirib keldi. Nargiza ko`zlarini qo`lidagi kitobdan uzmay o`tirardi.

Nargiza o`zini nima deb oqlamasin,qaynonasini teng kelolmadi. O`sha kuni u ilk marta ota uyiga arazlab ketdi. Ostonada qizini bir ahvolda ko`rgan Soadat opa shoshib qoldi. Nargiza oyisiga hammasini aytib berdi. Tabiatan vazmin va mulohazali ayol uni tinchlantirishga urindi:

Nargizaning yig`lab-siqtashiga qaramay Karim aka uni uyiga olib borib qo`ydi. Qudalar sovuqqina so`rashishdi. Dadasi ketgach, qaynonasining masxaromuz tikilib turganini ko`rgan Nargiza seskanib ketdi.

Ana shunday dilhiraliklar bilan yana uch oy o`tdi. Shu vaqt davomida Nargiza yana ikki marta arazlab ketib qoldi. Har safar ota-onasining pand-nasihatlari va erining o`tinchi bilan uyiga qaytardi. Sojidaxon borgan sari takabbur bo`lib borar,kunora bo`ladigan janjallar esa yanada chuqurlashar edi. Ayniqsa oxirgisi hammasidan oshib tushdi: qaynona kelinga qo`l ko`tardi. Qaynonasi asabiylashganda nima qilayotganini o`zi ham bilmasdi.

Bir kuni Nargiza dadasiga qo`ng`iroq qilib, olib ketishlarini so`radi:

Nargiza dadasining har doimgi gaplarini eshitib, asta go`shakni qo`ydi. Dardini kimga aytishni bilmay qattiq tushkunlikka tushib qoldi.

Tong saharda Saodat opaga xabar keldi: Nargiza o`zini osib qo`yibdi. Farzand dog`i ota – onaning qaddini bukib qo`ydi.

Yuz bergan voqea yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atildi. Ekspertiza xulosasi hammani hayratga soldi: Nargiza o`z joniga qasd qilmagan, uni o`ldirishgan. Bo`ynida qizdirilgan dazmoldan qolgan kuyish izlari, tanasida tirnalgan, lat egan jarohatlar aniqlandi. Ma`lum bo`lishicha, o`sha kuni erkaklar ishda mahali Sojidaxon Nargizaga kechki payt to`yga borishi kerakligini aytib,ko`ylagini dazmollashni buyurgan. Nargiza e`tiborsizlik qilib ko`ylakni kuydirib qo`ygan. Yangi qimmatbaho ko`ylagi kuyganini ko`rgan qaynona jahl otiga minib, Nargizani haqorat qila boshlagan, sabr kosasi to`lgan Nargiza ham jim turmagan. Janjal shu darajaga borib etganki, Sojidaxon vajohat bilan qizigan dazmolni keliniga qarata otgan. Nargizaning polga yiqilganidan foydalanib, issiq dazmol bilan uning bo`yniga urgan. Kuchli zarba natijasida bo`yin sohasidagi qon tomirlari yorilib ketgan va kelinchak shu ondayoq jon bergan. Qo`rqib ketgan Sojidaxon qizini chaqirgan. Jinoyatni va bo`ynidagi izlarni berkitish maqsadida ular Nargizani osishgan va go`yo u o`z joniga qasd qilgandek qilib ko`rsatishgan. Keyin hech nima bo`lmagandek to`yga ketishgan. Uyga yarim tunda kirib kelgan Baxtiyor rafiqasini jonsiz holda topgan.

Tergovda Sojidaxon aybini tan olmadi. Lekin ekpertiza xulosasiga ko`ra, dazmol bir necha marotaba zarb bilan qizning bo`yniga urilgan edi. Ko`p o`tmay sud bo`ldi. Sojidaxon qonunda belgilangan tartibda ozodlikdan mahrum etildi. Johil qaynona jazosini oldi, ammo bu bilan Nargiza qaytib kelarmidi?!

Sudgacha Saodat opa o`zini qo`lga ola bilgan ekan. Qudasiga jazo tayinlangan kuni u hushidan ketdi. Shundan beri ona sho`rlikning sog`ligi tiklanmaydi. Kechalari dod solib, qizini chaqiradi. «Seni asrab qololmagan onangni kechir», deya faryod qiladi. Mana, sal avval ham Saodat opaning baqirib yig`lagani eshitildi. Sho`rlik onaizor, unga qanchalik og`ir ekanini biz, qo`ni – qo`shnilar yaxshi tushunamiz. Afsuski, qo`limizdan hech nima kelmaydi.

Ilmira Fayzullaeva yozib oldi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1