1

Qorin qo`yish «obro`» emas, kasallik! Uni yo`qotish uchun 7 qadam

Salomatlik 15.01.2019, 16:47
Qorin qo`yish «obro`» emas, kasallik! Uni yo`qotish uchun 7 qadam

Odatda, erkaklar yoshi o`tib borgani sari, qorni ham kattarib borishiga odatiy hol deb qaraymiz. Hozir hatto yosh yigitlarning qomatini ham shunday qorinlar «bezab turadi». Ammo bunday «obro`» nafaqat tashqi ko`rinishga, balki salomatlikka ham katta ziyon etkazishini inobatga olsak, undan qutulish tadbirini boshlash kerak. Bunda 1-Respublika markaziy tashxislash poliklinikasi terapevti oliy toifali shifokor Nodira Hamroevaning maslahatlariga quloq tutamiz.

Hammasiga gormonlar aybdor?!

Ko`p ovqatlanish, kamharakatlilik va o`tirib ishlash, yoshga bog`liq o`zgarishlar hamda gormonal buzilishlar qorin paydo bo`lishiga sabab bo`ladi. Ammo qorinni yo`qotishda yog` qatlam turlarini ham inobatga olish darkor. Yog` qatlami 2 xil bo`ladi. Teri ostida va visseral — qorin bo`shlig`i ichidagi yog` qatlamlari.

Teri ostiga yig`ilgan yog` qatlamini yo`qotish u qadar qiyin emas. Buni mahsus parhez va jismoniy mashg`ulotlar yordamida uddalasa bo`ladi.

Yog` teri ostiga yig`ilganini bilish uchun qorinni ushlab ko`ring: u yumshoq, burmalar bo`lib oson yig`iladi.

Visseral yog` qatlami esa boshqa gap. Bunday holatda qorin qattiq va aniq dumaloq shaklda bo`ladi. Odatda, uni burma qilib yig`ib bo`lmaydi.

Ichki a`zolar xavfda!

Yog` qatlami qorin bo`shlig`ining ichki tomonida yig`ilgani uchun u ichki a`zolarni qamrab oladi. Yog` ko`paygani sari a`zolar «siquvga olinadi». Yog` ichida «nafas ololmay» qolgan a`zo va tizimlar esa to`laqonli ishlay olmasligi tabiiy. Qorin ichki yog` qatlamlari ortib borayotgan ekan, qandli diabet, qonda lipidlar va xolesterin miqdorining ortishi, ateroskleroz, uning ketidan tromblar, infarkt yoki insult, qon bosimi bilan bog`liq muammolar uzoq kuttirmaydi.

Boz ustiga, vazn ortib ketishi oqibatida harakatlanishning qiyinlashishi, hansirash, tayanch-harakat apparatining zo`riqishi kabi muammolar ham yuzaga keladi.

Hal qiluvchi 7 qadam

Oldindan aytib qo`yamiz, qorin 1-2 hafta yoki bir necha oyda ketib qolmaydi. Ayniqsa, qorindagi visseral yog` qatlamlari juda chidamli bo`lib, ularni yo`qotish uchun uzoq vaqt ter to`kishga to`g`ri keladi.

1-qadam. Ishni tibbiy ko`rikdan o`tish bilan boshlagan ma`qul. Chunki qorindorlikka biror kasallik sabab bo`lishi mumkin. Shunday bo`lsa, avval uni davolash kerak bo`ladi.

2-qadam. Turmush o`rtog`ingiz salbiy odatlaridan voz kechishi shart.

3-qadam. Organizmni tozalash. Buning uchun dietologlar tahllil natijasiga ko`ra detoks-dasturlarni tavsiya qilishadi. Bunda fitoterapiya, ochlik, faollashtirilgan ko`mir preparatini qabul qilish yoki tabiiy va tibbiy vositalar qo`llanilishi mumkin.

4-qadam. Taomlanishning yangi rejasi. Detoks-dasturlarni o`tkazgach, yangicha taomlanish tartibini tuzish lozim. Buning shartlari quyidagicha:

  • Tabiiylik: sifatli va yangi mahsulotlar hamda ko`proq meva -sabzavotlarni istemol qilish. Yarimtayyor mahsulotlar, qovurilgan kartoshka (chipslar), fastfud, yog`li taomlar, shuningdek, unli va qandli mahsulotlar cheklanadi.
  • Pivo, shirin gazli ichimliklar man etiladi. Shirin choy hamda sutli qahva ham shular qatorida. Turmush o`rtog`ingiz ko`k choyga o`tgangani ma`qul. Asosiysi, etarlicha toza suv ichish kerak.

5-qadam. Hayot tarzini o`zgartirish. Kun tartibi aniq rejalashtirilishi va albatta, jismoniy mashg`ulotlar, sayr qilish, dam olish uchun vaqt ajratilgan bo`lishi lozim.

6-qadam. Sport mashg`uloti. Kuch talab etiladigan yoki kardiomashqlar ham to`g`ri keladi. Ayniqsa, press mashqi — qorinning ashaddiy dushmani.

Shuni unutmang, mashqlar uzoq va doimiy tarzda olib borilgandagina ijobiy samaraga erishish mumkin. Mashqlarni oshqozon to`la payt emas, balki engil ovqatlangandan so`ng bajarish tavsiya etiladi. Press mashqlaridan keyin 2-3 soat o`tib, engil tamaddi qilish mumkin.

Press mashqidan so`ng avvalgiholatga qaytib, 1 daqiqalik tanaffusdan keyin “velosiped” mashqi bajariladi.

Erda yotgan holda oyoqlar divanga tashlanadi. Qo`llarni oldimizda birlashtirib, gavdani ko`tarib, peshanani tizzaga tekkizishga harakat qilamiz. Shundan so`ng yana ilk holatga qaytamiz, ya`ni yana oyoqlar divanga tashlangan holda qo`llarni bosh tagiga qo`yamiz. So`ng biroz tin olib, aylanma harakat bilan navbatma-navbat chap qo`lning tirsagini o`ng oyoqning tizzasiga tekkiziladigan mashq bajariladi.

Ushbu kompleks mashqlar avvaliga 10 marta, keyin bora-bora 20 martagacha bajariladi. Mashqlar oralig`ida 30-60 soniya dam beriladi. Undan ortib ketsa, mushaklar bo`shashib qoladi.

Kamola Sharofzoda tayyorladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1