1

Bashorat 2019: Hut

Munajjimlar bashorati 15.01.2019, 16:19
Bashorat 2019: Hut

O`zingizga bo`lgan ishonchingiz ortadi (20 fevral – 20 mart)

Umumiy bashorat

2019 yilda “Hut”larni moliya va ish borasida misli ko`rilmagan parvozlar kutmoqda. Kasbiy mahoratlari sezilarli darajada oshib, tez orada atrofdagilar e`tirofiga tushadilar. Shu sababli, “To`ng`iz yili” muvaffaqiyatlarga erishadigan va jamiyatdagi obro`si oshadigan yil bo`ladi.

Yozda ijodkor “Hut”lar o`zlarini tadbirkorlikda sinab ko`radilar va juda yaxshi natijaga erishadi. Agar tijorat yoki loyihani “yurgazish” uchun pulni ayamasangiz, tez orada daromadingiz ham ortadi.

Hali oila qurmaganlar “To`ng`iz yili”da o`z muhab­batlarini uchratadilar. Ushbu inson yoqimli va ochiqko`ngil bo`lib chiqadi. Bunday inson bilan siz shaxsiy hayotda, albatta, baxtga erishasiz. Agar to`y taraddudiga tushgan bo`lsangiz, yaxshisi uni avgust oyining oxirlariga belgilang.

“Hut”lar ortda qolgan “It yili”da o`zlarini juda qat`iyatli va qulay his qilishgan edi. To`g`ri, ba`zi hollarda o`zlariga ishonmadilar, doimo nimanidir ko`ngildagiday bajarmadim, degan xayollar og`ushida yurdilar.Bu sizning tabiatingizga xos narsa. “To`ng`iz yili” kirib kelishi bilan vaziyat butunlay o`zgaradi. Chunki “To`ng`iz yili” burj egalarini o`z qaramog`iga olishni va`da bermoqda. Natijada sizga qiyin ko`ringan har qanday ishning uddasidan chiqib, o`zingizga bo`lgan ishonchingiz ortadi.

Yil avvalida zudlik bilan bajarilishi kerak bo`lgan ishga kirishing. Shartnomalar imzolash va kelgusida amalga oshirilishi kerak bo`lgan ishlar rejasini tuzish kerak. Ishlar o`z mevasini berib, daromad keltiradi.

Yulduzlar 2019 yilda ruhiy holatingizni yaxshilashni maslahat berishmoqda. Agar qalbingizda tinchlik va xotirjamlik hukm sursa, hayotingiz ham bir maromda o`tadi. Yaqinlaringizga yanada mehribonroq va e`tiborliroq, atrofdagilarga esa xolisona munosabatda bo`ling.Shuning uchun ehtiyotkorlik zarar qilmaydi. Katta mablag` ortidan quvishning hojati yo`q. Ishlab topgan daromadingizdan mamnun bo`lib, mehnat qilishda davom eting. Zero tinimsiz mehnat ortidan, o`zingiz istagan narsani qo`lga kiritishingiz mumkin.

Moliyaviy ahvolingiz bir maromda bo`ladi. Biroq ba`zi “Hut”lar kuz oyida juda ko`p xarajat qilishlariga to`g`ri keladi.

Dekabr oyida fikr-xayolingizni bir joyga jamlab, maqsad sari yanada quchliroq harakat qiling. Yo`lingizda hasadchilar va raqiblar ko`p bo`ladi. Yulduzlar bunday vaziyatlarda og`ir-bosiqlik bilan ish ko`rishni maslahat berishmoqda.

ShAXSIY HAYoT

“Hut”lar tabiatan samimiy va ko`ngilchandirlar. Yulduzlar 2019 yilda qanday bo`lsangiz ana shunday qolishni maslahat berishmoqda. O`zingizni olib qochmay, ko`nglingizga yoqqan insondan hissiyotlaringizni yashirmang. Agar turmush yo`llarida sizga yo`ldosh bo`la oladigan insonni uchratsangiz, avgust oyiga kelib to`yni ham rejalashtirsangiz bo`ladi.

Hurmatli oilaviy “Hut”lar, xonadoningizdan quvonchli kulgular arimasin desangiz, qarindoshlar, jumladan, qaynona va qaynotangiz bilan munosabatlarni yaxshilashingiz lozim. Yulduzlar 2019 yilda oilaviy bayramlarni ko`proq tashkillashtirishni tavsiya qilishmoqda. Oila a`zolaringizga kutilmagan sovg`alar qilishni ham yodingizdan chiqarmang. Ana shunda barcha ko`ngilsizliklar ortda qolib, uy-ro`zg`or ishlariga xotirjam kirishsangiz ham bo`ladi. Xonadoningiz tozaligini saqlash o`z yo`liga, ko`proq vaqtingizni shirin taomlar tayyorlab, uy egalarini xursand qilishga sarflaganingiz ma`qul. Farzandlar bilan munosabatda kelishib, ustomonlik bilan ish ko`rish foydadan xoli emas. Yulduzlar agar farzand tarbiyasida ba`zi qiyinchiliklarga duch kelsangiz, shu mavzuga oid adabiyotlarni o`qishni yoki psixologga murojaat qilishni maslahat berishmoqda. Yoshi katta yaqinlaringizdan maslahat olsangiz ham to`g`ri yo`l tutgan bo`lasiz.

SALOMATLIK

“To`ng`iz yili”da virusli kasalliklar va shamollashdan ehtiyot bo`ling. Agar o`z vaqtida davolanmasangiz, jiddiy asoratlarga olib keladi. Ayniqsa, ayollar ushbu tavsiyamizga quloq tutishlari darkor. Yulduzlar harakatda bo`lishni tavsiya etishmoqda. Sustkashlikni chetga surib, atrofdagilar bilan muloqot qiling va do`stlaringiz bilan uchrashuvlar tashkil eting. 2019 yilda jiddiy kasalliklar sizni bezovta qilmaydi. Immun tizimingiz buzilishlarsiz ishlaydi, shuning uchun shamollash va gripp sizga yaqin kela olmaydi. Ammo kasal bo`lishga ulgurganlar bilan aloqaga kirishishdan ehtiyot bo`ling. “To`ng`iz yili” “Hut”larga kofe va achchiq choy ichishdan voz kechishni maslahat bermoqda.

Yaxshisi kompot qaynating, kisel tayyorlang, meva va sabzavotli sharbatlar iching. Ular gemoglobiningizni ko`tarishga ham, quvvatga kirishingizga ham yordam beradi.

“Hut”larni “To`ng`iz yili”da ortiqcha vazn ham bezovta qilishi mumkin. Shuning uchun ertalablari ochiq havoda yuguring, sport bilan shug`ullaning. Bularning barchasi tana vazningiz ortib ketishidan himoyalaydi, sizni chiniqtiradi.

KARERA

“Hut”lar tabiatan ikki xil bo`ladilar. Birlari o`ta mehnatsevar bo`lsalar, boshqalari rahbarlik qilishni yaxshi ko`radilar. “To`ng`iz yili”da har ikkala “Hut”lar ham muvaffaqiyatga erishishlari mumkin. Buning uchun bir joyda to`xtab qolmang. Qulay va foydali kelishuvlarni amalga oshiring.

Tadbirkor uchun 2019 yilda o`z biznesini yo`lga qo`yish imkoni bor. Ushbu burj vakillari har bir jabhada iqtidorlidirlar, jumladan, tadbirkorlikda ham. Shu sababli, savdo-sotiq va ishlab chiqarish yo`nalishi ularga, albatta, omad olib keladi. Agar daromadingiz ko`payib ketsa, xayrli ishlarga sarflashga harakat qiling.Jamiyatdan berkinmay, ko`pchilik tashrif buyuradigan tadbirlar ishtirokchisiga aylanganingiz yaxshi.

Ijodkorlarni o`zgacha g`oyalar qamrab oladi. San`at asarlaringizni boshqalar bilan bo`lishishni unutmang. Ishoning, ular sizni qo`ligul usta sifatida tan oladilar.

AYoL "HUT"LAR

2019 yilda yulduzlar “Hut”larga oilaviy xotirjamlikni va`da berishmoqda. “To`ng`iz yili”da o`z iqti­doringizni yashirmay, atrofdagilarga ham namoyish qiling. Yilning birinchi yarmida shu tufayli katta yutuqlarni qo`lga kiritasiz. Oilaviy hayotingizda tushunmovchiliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Ular asosan oila a`zolaringiz va qarindoshlar bilan bo`lib o`tadi. Ammo siz ularni bartaraf etishga erishasiz.

Avgust oyida ish faoliyatingizni nazorat qiling. Aks holda, hamkasblaringiz bilan ham mojarolar kelib chiqishi mumkin.

ERKAK "HUT"LAR

2019 yilda erkak “Hut”lar uchun juda omadli o`tadi. Bo`ydoqlar juft tanlash borasida uzoq o`ylamang. To`yga tayyorgarlik qilish vaqti keldi. 2019 yilda qaror qabul qilishga shoshilmang, boshqalarni tanqid ostiga olmang va ustidan kulmang. O`z ustingizda ishlang va do`stlaringizga va`da bermaslikka harakat qiling. Erkak “Hut”larni to`g`ri yo`ldan adashtirish juda oson. Ular birovning fikri bilan o`rtoqlashib, qarorlarini tezda o`zgartiradilar, hissiyotlarga ham erk beradilar. Shuning uchun do`stlar, hamkorlarni yaqin qarindoshlar orasidan izlang. Nima bo`lganda ham 2019 yilda yulduzlar erkak burj vakillariga moliyaviy barqarorlik, obro`-e`tiborning o`sishi va xususiy tadbirkorlikni bashorat qilishmoqda. Yuqori lavozimga tayinlanishingiz ham mumkin. Eng asosiysi dangasalikdan qoching va hamma narsaga umidvor boqing!

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1