1

Bashorat 2019: Aqrab

Munajjimlar bashorati 15.01.2019, 14:39
Bashorat 2019: Aqrab

O`zingiz haqingizda qayg`uring! (22 oktyabr – 22 noyabr)

Umumiy bashorat

“Aqrab”larni 2019 yil turli sohalarda yorqin o`zgarishlar kutmoqda. Bu ayniqsa, o`qish, ish, sevgi-muhabbat va hatto boshqa shaharga ko`chish borasida yaqqol ko`zga tashlanadi. Agar o`ziga ishonib, qat`iyat bilan harakat qilsa, yo`llarida hech qanday to`siqlar uchramaydi. Yulduzlar 2019 yil bahorining oxirlariga katta rejalar tuzishni maslahat berishmaydi. Ular amalga oshmay qolishi ehtimoli bor.

Yozda “Aqrab”lar kuch-quvvatga to`la bo`lishadi. Ana shunday qizg`in pallada ish va oiladagi ko`pgina masalalarni hal etish mumkin.

Sevgi borasida havas qilarli o`zgarishlarni “To`ng`iz yili” va`da bermaydi. Biroq “To`ng`iz yili”da bo`ydoqlarning oila qurishi kutilmoqda. Shuningdek, o`zlari ko`pdan beri kutgan ish joyiga ega bo`ladilar. Moliyaviy ahvolingiz ham tubdan o`zgaradi.Hamkasblaringiz orasida obro`-e`tiborga ega bo`lasiz.Yulduzlar “To`ng`iz yili”da atrofdagilarga kamroq yordam qo`lini cho`zib, ko`proq o`zlari haqida g`amxo`rlik qilishni ham tavsiya etishmoqda.

“Aqrab”lar “It yili”da katta daromadga ega bo`lmagan edilar, biroq “To`ng`iz yili” ularning karmonlarini to`ldiradi. Faqat ularni rejaga ko`ra sarflang. Aks holda ko`p narsani qo`ldan boy berasiz.

Tadbirkorlar uchun fevral oyi og`ir kechadi. Ammo aytilgan joyga o`z vaqtida etib borishga o`rgansangiz, foydali shartnomalar tuzish va e`tiborli hamda tajribali kishilar bilan tanishish imkoniga ega bo`lasiz.

2019 yilda kichkinagina do`kon ochish ham, daromad olib keladi. Ijod yo`nalishida ham muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Barcha narsani ipidan ignasigacha o`ylab ish ko`radigan burj egalari bahorga kelib barcha muammolarni hal qiladilar va anchadan beri amalga oshmayotgan rejalarga yo`l ochiladi. 2019 yilda katta yoshdagi yaqinlaringiz va rahbariyat bilan tortishish yaxshilikka olib kelmaydi. Qandaydir masalalarda siz haq bo`lishingiz mumkin, biroq murosa qilish — bu borada eng to`g`ri yo`ldir.

Rejali ish yuritishga harakat qiling, aks holda fevralda qilgan rejalaringiz ham amalga oshmay qoladi.Har bir oyga xarajatlar ro`yxatini tuzishga odatlansangiz moddiy jihatdan foyda beradi. Uyning ta`mirlash ishlari ham 2019 yilgi rejaga kiritilgan. Xo`jalik ishlaridagi hech bir muammoni ko`zdan qochirmang.

Yulduzlar 2019 yilda yozgi mavsum ajoyib o`tishini bashorat qilishmoqda. Ko`pdan beri borishni istagan mamlakatga sayohat uyushtirasiz. Sayohat uchun mablag`ni qaerdan olaman, deya bosh qotirmang.Yulduzlarning aytishicha, oylik maoshingizga qo`­shim­cha mukofot pullari ham sizni kutmoqda. Ba`zilar sayohatdan tashqari yil davomida xizmat safarlariga ham chiqadilar.

Kuzda bu burj vakillari biroz hordiq chiqa­rish­lari kerak. Ta`til payti oila davrasida tog`li joylarda dam olishga harakat qiling. Hordiq telefon qo`ng`iroqlarisiz va ortiqcha bezovtaliksiz mukammal bo`lsin.

Dekabr oyi ham sermazmun o`tadi. Yil davomida amalga oshirgan ishlaringizni sarhisob qilib, qu­vonasiz. Yaqinlaringizga sovg`alar tayyorlab qo`yishni va archa oldida niyat qilishni unutmang. Zero, ushbu o`ylagan niyatingiz, albatta, amalga oshadi.

ShAXSIY HAYoT

2019 yilda shaxsiy hayotda ko`plab yaxshi o`zgarishlar sodir bo`ladi. Hatto sizning oilaviy baxtingizni ko`rib, atrofdagilar havas bilan qarashadi.

Yulduzlar oilalilarga ko`proq tabiat qo`ynida oila a`zolari bilan hordiq chiqarishni va yaqin­lar ishtirokida bayramlar o`tkazishni tavsiya qil­moqda. Bayram uchun biror sabab bo`lmasa-da, farzandlaringiz bilan qiziqarli tadbirlar tashkillashtiring.

Nafaqat xo`jalik ishlari va daromad izlash, balki bolalar tarbiyasi bilan ham shug`ullanishni unutmaslik kerak. Uy-joyni kengaytirish vaqti keldi. Uy borasida ikkilanmang — tavakkal ba`zida yaxshi natijalarga olib keladi.

“To`ng`iz yili”da maishiy muammolarni hal etish borasida sizga oltin medal bersa ham arziydi. Unutmang, agar o`zingiz istasangiz, barcha masalalar echimini topadi.

Turmush o`rtog`ingiz bilan hech qanday muammolar yuzaga kelmaydi. 2019 yil bir-biringizni tushunib, ahil va inoq hayot kechirasiz.

Oila qurish istagida yurganlar esa kuz oylarida kimnidir qattiq sevib qoladilar.

SALOMATLIK

Bu burj vakillarining salomatligi mustahkam. Biroq unga bee`tibor bo`lish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Agar to`g`ri ovqatlansangiz, suzish bilan shug`ullansangiz, har kuni ma`lum masofaga yugursangiz va kulib yursangiz, sog`liq bilan bog`liq ko`pgina muammolarni chetlab o`tgan bo`lasiz.

Muzlatgichni darhol “tekshiruv”dan o`tkazing. U erda faqat sabzavot va mevalarni hamda sut mahsulotlarinigina qoldiring. Dam olish kunlari farzandlaringiz bilan faol o`yinlar o`ynash ham foydadan xoli emas.

Yulduzlar 2019 yilda sizga jigar va teringizni tozalashni maslahat berishmoqda. “To`ng`iz yili”da allergiya ham xavf solishi mumkin. Og`ir kasallikka chalinib qolmadimmikan, degan xavotirni bas qiling. Hayotga ishonch va umid bilan boqing.

KARERA

2019 yilda karera borasida sizni obro`li va e`tiborli kishilar qo`llab-quvvatlaydi. Moliyaviy jihatdan “To`ng`iz yili”da muammolar yuzaga kelmaydi. Tavakkal bilan boshlangan ishga mablag` sarflamang. Avval sizni aldagan kishilardan o`zin­gizni chetda tutsangiz, muammolar yuzaga kelmaydi.

Hujjatlarni imzolashda va pul o`tkazmalarini amalga oshirishda ehtiyotkor bo`ling. Ishga va daromadga taalluqli ma`lumotlarni boshqalarga “gullab” yurmang.Yulduzlar sizga har oy yutuqli chipta olishni maslahat berishmoqda. Zero, katta miqdordagi pul yutug`i yoki uy-joy yutib olishingiz ehtimoldan xoli emas.

AYoL "AQRAB"LAR

2019 yil ayollar uchun oson kechmaydi. Oilada ro`zg`or tashvishlari sizning bo`yningizga tushadi. Ish va ro`zg`or tashvishlari oiladagi munosabatlarga ham, salomatligingizga ham salbiy ta`sir o`tkazadi. Og`ir yuk ko`tarish, daraxt ekish sizning vazifangiz emas. Erkaklar qilishi kerak bo`lgan ishlarni bajarmaslikka harakat qiling. Bunday qahramonlikni turmush o`rtog`ingizga qoldiring. O`zingiz esa oshxonada shirin taomlar bilan yaqinlaringizni xushnud eting. Farzandlaringiz bilan ochiq suhbatlashishga o`rganing.Oila a`zolari bilan munosabat qilishda ishonch va samimiylikka tayaning. 2019 yilda tashqi ko`rinishingizga yanada ahamiyatli bo`lishingizni tavsiya qilamiz. Chunki siz tabiatan maftunkor ayolsiz. “To`ng`iz yili”da go`zallik saloni, kosmetologiya, yuz uchun niqoblar va zamonaviy liboslarga ko`proq urg`u bering.

Yozning oxiri va kuz, ayniqsa, omadli kechadi. Yil so`nggida esa eski qadrdonlarni uchratasiz.

ERKAK "AQRAB"LAR

Erkaklarda 2019 yil xizmat safarlari juda ko`p bo`ladi. Biroq ularni rad etish yaramaydi. Chunki ular tufayli yaxshigina daromad topishingiz mumkin. Ha, aytgancha, safarga ot­la­nish chog`ida dori-darmonlarni “g`amlab” olishni unutmang. Doimiy yo`l tashvishlari salomatligingizga ta`sir qilish ehtimoli bor.

“To`ng`iz yili”da do`stlaringiz yoki oila a`zolaringizdan birini ma`naviy qo`llab-quvvatlab turishingizga to`g`ri keladi. Ota-onangizni tez-tez yo`qlab turishni ham yoddan chiqarmang.

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1