​Bashorat 2019: Savr

Munajjimlar bashorati 15.01.2019, 10:58
​Bashorat 2019: Savr

Malaka oshirish va foydali tanishuvlar (21 aprel – 21 may)

Umumiy bashorat

Savr burji vakillari uchun 2019 yil eng ajoyib damlarga boy o`tadi. Daromadlari ko`payib, o`zlari yoqtirgan ishda ishlay boshlashadi.

Hurmatli Savr burji vakillari, “To`ng`iz yili”da dam olish maskanlarida hordiq chiqarishga ham ulgurasiz. Faqat bunday vaqtichog`lik do`stlar yoki yaqinlar davrasida bo`lgani ma`qul. Ana shunda zerikishga umuman vaqt qolmaydi. Birgina kamchiligingiz — oila davrasida juda kam bo`lishingizdadir. Ish bilan bo`lib yaqinlaringizga vaqt ajratishni unutmang. 2019 yilda yulduzlar tadbirkorlik borasida ish boshlashingizni maslahat berishmoqda. Bu moliyaviy imkoniyatlaringizni yanada kengaytiradi.

“To`ng`iz” bo`ydoq burj vakillarini juftlari bilan uchrashtiradi. Uchrashuvdan keyin tezroq qaror chiqarishga harakat qiling, aks holda baxtingizni qo`ldan boy berasiz. Oilali juftliklar ko`payishi kutilmoqda.

Sog`lig`iga bee`tiborroq bo`lganlar, bu yil salomatlik borasidagi qarashlaringizni butunlay o`zgartiring. 2019 yilda yulduzlar ularga maxsus sog`lomlashtiruvchi “dastur” tayyorlashgan. Sport bilan shug`ullanish, ruhiy holatlaringizni mustahkamlab olishga ko`proq e`tibor bering.

Unutmang, “To`ng`iz” juda e`tibortalab jonivor. Agar yil egasining ko`nglini topa olsangiz, omad siz tomonda. Buning uchun o`zingizni dadil tuting, biroqo`zingizga bino qo`yishdan qoching. Barchaga o`rnak bo`la oladigan ishlarni amalga oshirishga harakat qilib, yomon odatlaringizdan voz kechishni maslahat beramiz.

Yil boshida “To`ng`iz”ning ko`nglini ovlash qi­yin­roq kechadi. Biroq mart oyiga kelib, ishlaringiz yana iziga tushib, yaxshilanishi aniq. Agar tinimsiz ishlasangiz yuqori natijalarga erishishingiz mumkin. Shaxsiy biznesini yuritayotganlar esa yuqori marralarni zabt etib, raqobatchilaridan o`zib ketishi kutilmoqda. Ayniqsa, yangicha yondashuv olib borganlarga omad kulib boqadi. Uzoqni ko`ra biladigan hamkorlarni jalb etishga harakat qiling.

Boshqa yo`nalishlarda ishlaydiganlarni 2019 yilda chet elga xizmat safariga yuborishadi. Shuning uchun yulduzlar ushbu bTo`ng`iz yili”da to`y marosimini o`tkazishga shoshilmaganingiz ma`qul. Yulduzlar to`ydan oldin tanlagan umr yo`ldoshingizning fe`l-atvori va rejalari bilan tanishish foydadan xoli emasligini aytishmoqda. Sabr bilan kuting va kuzga yaqin karnay-surnay sadolari ostida mehmonlarni kutib olasiz.

Moddiy ahvoli yaxshilanib borayotgan burj egalari oilasini ta`minlash, kerakli jihozlar olishga otlanaverishlari mumkin. Ammo berilib ketmang. “To`ng`iz” sizga qanday qilib pul jamg`arish sirlarini o`rganib olishlari zarar qilmasligini maslahat bermoqda.

2019 yil “Savr”larga ijodiy parvozlar olib kelishi mumkin. G`oyalar juda ko`p, biroq hammasini ham amalga oshirishga ulgurmaysiz. Shuning uchun eng yaxshisini tanlab, ishga kirishing. Agar siz o`zingizning yangi qirralaringizni kashf etgan bo`lsangiz, hech kim sizga to`sqinlik qilolmaydi.

Ish joyingizda tajribali insonlarga hamroh bo`lishga harakat qiling. O`z ustingizda ishlash zarar qil­maydi. Kuz oyi o`rtalarida mo`maygina daromad kutmoqda.

“To`ng`iz yili”da yaqinlaringizni bee`tibor qoldirmang. Yulduzlar 2019 yilda qarindoshlar va oila a`zolaringiz bilan tez-tez muloqot qilib turishni, ularning ahvolidan xabar olishni maslahat berishmoqda. Dekabr oyida oila a`zolaringiz bilan dam olish maskanlarida hordiq chiqarishni rejalashtirsangiz bo`ladi. Ammo ta`tilga otlanishdan avval barcha kirim-chiqimlarning hisob-kitobini qilib keting. Ana shunda ko`ngil xotirjamligiga erishasiz. Yil oxirida esa kutilmagan sovg`aga ega bo`lasiz.urj vakillariga xorijiy tillarni o`rganishni tavsiya etadi.

ShAXSIY HAYoT

Hali oila qurmagan burj egalarining juftini topish vaqti keldi. Agar bu yil ham oila haqida bosh qotirmasangiz vaqtni yo`qotasiz. Shuning uchun, tezroq bir qarorga kelib, to`y taraddudini ko`ring. “To`ng`iz” sizga o`z juftingizni topish uchun qo`lidan kelgancha yordam beradi.

“Savr”lar tabiatan juda oilaparvar. Biroqyulduzlar rashk qilishdan uzoqroq bo`lishingiz kerakligini maslahat berishmoqda. Ayniqsa, kundalik muammolarga ko`z yumib, turmush o`rtog`ingizga yon bosishga harakat qiling. Shuningdek, har bir qilayotgan ishingiz va aytayotgan so`zlaringizni nazoratga olish foydadan xoli emas.

2019 yil yulduzlar uy-ro`zg`or buyumlarini xarid qilish, ta`mirlash ishlarini amalga oshirishni keyingi yilga qoldirishni maslahat berishmoqda. “To`ng`iz yili”da ortiqcha xarajatlardan qochib, madaniy hordiq chiqarishga vaqt ajratish foydaliroqdir.

SALOMATLIK

“Savr”lar mazali taomlardan to`yib ovqatlanishni xush ko`radi. Biroq bu borada me`yor va tartibni unutmaslik zarur. Aks holda vazn borasida muammolarga duch kelasiz.

2019 yilda yulduzlar ko`proq vitaminga boy egulik­lar tanovul qilishni, taomnomani sabzavot, bo`tqalar, sut mahsulotlari va mevalar bilan boyitishni, kechki ovqatga engil taomlarni iste`mol qilishni maslahat berishmoqda. Serharakatlik esa salomatligingiz garovidir.

KARERA

2019 yil sermahsul keladi. Agar halol mehnat qilsangiz, daromadingizni tejasangiz va bir qismini jamg`arib qo`yishga o`rgansangiz hammasi yaxshi bo`ladi.Qo`shimcha ish takliflarini qaytarmang.

Hamkorlarga kelsak, “etti o`lchab bir kesing”. Va`dalarga ishonavermang. Yulduzlar ishga oid hujjatlarni imzolashda juda sinchkov bo`lishingizni tavsiya qilishmoqda. Bunday vaziyatlarda dangasalik yaramaydi.

AYoL "SAVR"LAR

Bu yil taqdir sovg`alari kamroq bo`ladi. Shunday bo`lishiga qara­mas­dan, o`zingizni qo`lga olib, kamroq asabiylashing. Zero, birgina “ko`z yosh” bilan muammolarni hal etib bo`lmaydi. Yulduzlar bunday vaziyat­larda har qanday sinovlarga tik boqishni maslahat berishmoqda. Agar o`zingizni qo`lga olishni va hissiyotlaringizni jilovlay bilishni o`rgansangiz, “To`ng`iz yili”da ko`pgina to`siqlarni osongina chetlab o`tasiz. Mayda muammolar va xatolarga ham kamroq e`tibor qarating.

Asosiy muammolar yozda yuzaga keladi. Ammo ularning echimini topish mumkin. Bu yil qiyin kecharkan-da, deya qayg`urmang. 2019 yil yaxshi voqealar ishtirokchisiga ham aylanasiz. Bahor va qishda barcha qiyinchiliklar evaziga kattagina mukofot olishingiz mumkin.

ERKAK "SAVR"LAR

Birinchi yarim yillikda erkak “Savr”lar avval qilgan mehnatlarining rohatini ko`radi. Shuningdek, hamkasblari va rahbariyatning ishonchini qozonib, ish joyidagi obro`sini mustahkamlab olishlari mumkin. Ammo yanvar oyidan iyul oyiga qadar yaqinlaringiz bilan ba`zi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Yoz mavsumi serdaromad bo`ladi. Ammo daromadingizning bir qismini jamg`arib qo`ysangiz maqsadga muvofiq.

“To`ng`iz yili”da erkak “Savr”lar kasbiy mahoratlarini oshirishlariga to`g`ri keladi. Dekabr oyiga kelib, quvvatingiz kamaya­di, biroq “oyoqni uzatish” yaramaydi. Agar urish va janjallar chetlab o`tilsa, oilaviy hayot bir maromda kechadi. Har qanday vaziyatda odamlarga yon bosishga harakat qilsangiz bo`lgani. Doimo turmush o`rtog`ingizni qo`llab-quvvatlashga harakat qilib, ro`zg`or yumushlarini birgalikda bajaring. Zero, bu juda maroqli va munosabatlarni yanada mustahkamlashga yordam beradi.

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1