1

Bashorat 2019: Hamal

Munajjimlar bashorati 15.01.2019, 10:45
Bashorat 2019: Hamal

"To`ng`iz yili" tavsiyalariga e`tibor bering (21 mart – 20 aprel)

Umumiy bashorat

2019 yilda “Hamal” burji vakillarini juda ko`plab quvonchli voqealar hamda uchrashuvlar kutmoqda. Yangi lavozimni egallaysiz. Moliya­viy ahvolingiz ham ijobiy tomonga o`zgaradi. Shuningdek, yulduzlar uzoq vaqtdan beri amalga oshmay yurgan orzularingiz ro`yobini va`da qilishmoqda.

“To`ng`iz yili”ning boshida ko`pgina “Hamal”lar dengiz yoki toqqa hordiq chiqargani yo`l oladilar. Ushbu sayohat sizga ijobiy ta`sir qilishi aniq.

“To`ng`iz yili” burj vakillari uchun to`y-tomoshalarga boy o`tadi. Atrofdagilarga ishonchsizlik bilan qarashni bas qiling. Aksincha, boshqalarga e`tiborliroq bo`lsangiz o`zingizga yaxshi. Suyuklisi borlarga esa 2019 yilda rashk va norozilik hislarini chetga surib, uning ko`nglini og`ritishdan tiyilishni maslahat beradi. Chunki bu kabi ko`ngil xiraliklar yaxshilikka olib kelmaydi.

“To`ng`iz yili”da salomatligingizga ham e`tiborliroq bo`ling. Aks holda, “qo`ldan ketgan” sog`liq anchagina vaqtingizni, asablaringizni va pulingizni “eb” qo`yishi mumkin. Sovuq mavsumda issiqroq kiyinib, yozda me`yoridan ortiq quyoshda toblanmang. “Hamal” burji vakillari oshqozonni aralash eguliklar bilan qiynamasliklari va to`g`ri ovqatlanishga amal qilishlari maqsadga muvofiq.

Xavfli sport turlaridan voz keching. Suzish, yoga bilan shug`ullanish esa ayni muddao.

Bu yil “Hamal”lar, “It” qaramog`ida rosa “erkalangan”liklari uchun, “To`ng`iz” ham ularni himoya qilishidan umidvorlar. Garchi, aksariyat vaziyatlar shundoq ham ularning foydasiga hal bo`ladi. Biroq munajjimlar “olma pish, og`zimga tush” qabilida ish qilishdan qochib, mehnat qilishdan to`xtamaslik kerakligini maslahat berishmoqda.

2019 yil avvalida “Hamal”lar ozgina dam olishlari mumkin bo`ladi. Biroq quvvatga to`lib turgan vaqtlarida bu yilga egalik qilayotgan “To`ng`iz” rulni ish tomonga burib yuboradi. Shuning uchun 2019 yilning o`rtalariga kelib o`qish, tajriba orttirish, shart­nomalar tuzish va muhim hujjatlarni tasdiqlashga to`g`ri keladi.

Agar “Hamal” qiyinchiliklarni sabr-bardosh bilan engib, o`z ishida faollik ko`rsata olsa, “To`ng`iz”ning “ishonchiga kiradi” va xayoliga ham kelmagan daqiqalarda muvaffaqiyatga erishadi.

Uddaburonlikbahorga kelibfoydali tanishuvlar va yuqori cho`qqilarga ko`tarilish imkonini beradi. Ammo moliyaviy ahvol darrov iziga tushmasligi mumkin. Mablag`ning tez-tez etishmay qolishi kayfiyatingizga va sog`lig`ingizga ta`sir qilishi hech gapmas.

Munajjimlar “Hamal”larga 2019 yilda darrov sarosimaga tushmaslikni bashorat qilishmoqda. Nima bo`lganda ham, mart oyiga kelib sizga omad kulib boqadi va yutuqni qo`lga kiritasiz. Ha, aytgancha, kredit olishga ham qo`rqmang — mablag`ni o`z vaqtida qaytarasiz.

Bahorning oxirlariga kelib, “Hamal”larning “oshig`i olchi” bo`ladi. Ular nafaqat yuqori lavozimni egallaydilar, balki qimmatbaho buyum ham xarid qiladilar. Bo`ydoqlarni ham yulduzlar unutgani yo`q. Bahor oyining yakunida oila qurish haqida ham qayg`urish kerak. Zero, aynan mana shu pallada o`zingizga mos juftni uchratishingiz mumkin.

Yozda esa oilali “Hamal”larni juda quvonchli daqiqalar: farzand ko`rish va yangi uyga ko`chish kutmoqda. Ana shunday qizg`in jarayonlardan keyin, tabiat qo`ynida oila a`zolari bilan birga hordiq chiqarish “Hamal”lar uchun juda foydali. Chunki kuzda “oyog`ingizni qo`lga olib” tinimsiz harakat qilishingizga to`g`ri keladi. Yangi boshlagan biznesingiz kengayishi bilan birga, raqobatchilar bilan maydonda “kuch sinash”ishingizga to`g`ri keladi. Raqobatchilar bilan “jang” og`ir kechadi, asablaringiz taranglashadi.

Qish mavsumi tinch va osuda o`tadi. Chunki qishning g`amini yil davomida eb qo`ygan bo`lasiz-da...

Nima bo`lganda ham “To`ng`iz”, “Hamal”larni har qanday vaziyatda qo`llab-quvvatlab turadi.

ShAXSIY HAYoT

2019 yil “Hamal”larni sevgi chetlab o`tmaydi. Kimdir bir ko`rishdayoq oshiqu-beqarorga aylanadi, yana kimdir tanlagan umr yo`ldoshi bilan oila quradi. Biroq hissiyotga berilmay, aqlni ham ishga soling. Yo`qsa, aldanib qolishingiz hech gapmas.

Aytgancha, sizga juftingizni topishda do`stlaringiz yordam berishadi.

Ko`pdan beri farzand ko`rish orzusida bo`lgan oilali “Hamal”larga esa “To`ng`iz” bu niyatlarining amalga oshishida yordam beradi.

SALOMATLIK

Yulduzlar 2019 yilda “Hamal”larga sport bilan shug`ullanishni, faol o`yinlar o`ynashni va turli bellashuvlarda ishtirok etishni tavsiya qilishmoqda. Aynan mana shu yo`nalishda sizga yanada ko`proq omad kulib boqadi.

“To`ng`iz yili”da og`irroq bo`ling va asablaringizni ehtiyot qiling. Zero, dep­ressiya sizni “yiqitib” qo`yishi mumkin. Surunkali kasalliklarga va shamollashga qarshi profilaktika ishlarini o`z vaqtida amalga oshirishni unutmang.

2019 yil o`rtalarida umurtqa pog`onasi va bo`g`imlarda ba`zi muammolar paydo bo`ladi. Ana shunday vaziyatda darrov shifokor nazoratidan o`ting. Davolanishni orqaga surib yurmang. Fitnes va suzish bilan muntazam shug`ullanib yursangiz kasalliklarni o`zingizdan quvgan bo`lasiz. Ovqatlanishda ham me`yorni unutmang. Ortiqcha vazn yurak va tomirlarga zarar etkazib qo`yishi mumkin.

KARERA

2019 yil “Ha­mal”­larga oson daromad topishni va`da bermayapti. Bu yilda “ishlagan tishlaydi”degan naql aynan sizga tegishlidir. Mehnatlaringiz rag`batsiz qol­maydi. Xarid borasida reja bilan ish ko`ring. Daromadingizdan hech bo`lmaganda 10 foizini jamg`arib borishni boshlang.

AYoL "HAMAL"LAR

2019 yil ayol “Hamal”larni quvonchli onlar kutmoqda. Bu yil siz sayohatga chiqishingiz, oila qurishingiz, karera qilib yanada yuqori cho`qqilarni zabt etishingiz mumkin.

Bu yil nozik xilqat egalari tashqi ko`rinishlariga yanada e`tiborliroq bo`lganlari ma`qul. Eng so`nggi urfdagi liboslar, yangi kosmetika, chiroyli soch turmagi, nafis iforlar “Hamal”larning diqqat markazida bo`ladi. “To`ng`iz yili”da karerada katta burilish qilish imkoniyati mavjud. Agar bor kuchingizni ishga solsangiz, lavozimda ko`tarilishingiz ham ehtimoldan xoli emas. 2019 yilda yulduzlar ayol “Hamal”larga ko`proq ichki ovozga quloq tutishni maslahat berishmoqda. Bu bilan siz noxush vaziyatlarni va katta xatolarni chetlab o`tgan bo`lasiz.

ERKAK "HAMAL"LAR

2019 yil erkak “Hamal”lar e`tibor markazida bo`ladilar. Erkak “Hamal”lar nafaqat faol va ta`sirchandirlar, balki har qanday ishni o`z foydasiga hal qilishga ham usta. Bu bilan ular barcha ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarib, atrofdagilarni o`zlariga jalb eta oladilar.

“To`ng`iz yili”da ushbu burj vakillari yaxshi natijalarga erishadilar. Yuqori lavozimlarni egallab, moliyaviy ahvollarini tiklab olishi ham kutilmoqda. Biroq daromadni darrov ko`kka sovurishga oshiqmang. Jamg`argan mablag`laringiz yil davomida sizga foyda keltirishini reja qiling.

Sharhlar

O`qishga tavsiya qilamiz

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1