1

2019 yilda qaysi xastaliklar rivojlanishi mumkin? Kasalliklar "hujumi"dan saqlaning

Salomatlik 03.01.2019, 18:01
2019 yilda qaysi xastaliklar rivojlanishi mumkin? Kasalliklar "hujumi"dan saqlaning

Mustahkam sog`liq – kelajakka “chipta”ni “bepul” olish degani ekaniga shubha yo`q. Shuning uchun ham birinchi galda u haqida qayg`urishimiz loxim. 2019 yilning asosiy qoidasi nafaqat karera yoki shaxsiy hayotni izga solish, balki sog`liq haqida ham qayg`urishdan iboratdir. Ushbu qimmatli maslahatni har bir muchal egalari e`tiborga olishlari kerak. Kelasi yilda sigir, qo`y, baliq yilida tug`ilganlar sog`liqlaridan ko`pam shikoyat qilavermaydilar. Ammo yo`lbars, sichqon yilida tavallud topganlar salomatligining umumiy holati bilangina emas, balki ichki ruhiy holatlari bilan ham shug`ullanishlari kerak bo`ladi. Albatta, astrologlarning bu bashoratlariga hamma ham ishonavermasligi mumkin. Ba`zi insonlar uchun esa bu qo`llanmadek bir gap...

Tillarang to`ng`iz yilida ko`pgina muchal sohiblari o`z sog`liqlariga e`tiborli bo`lishlari kerak bo`ladi. Ko`pchilikda hazm qilish organlari, jigar bezovta qilishi ehtimoli yuqori. Aynan kelasi yilda salomatlikni tiklash, kuch-quvvat to`plash uchun yaxshi imkoniyatlar bo`ladi. O`rta yoshli va qariyalar bu imkoniyatdan ko`proq foydalanishadi. Bu davr avgust-oktyabr oylariga to`g`ri keladi.

Yilning dastlabki uch oyi davomida ko`pchilik kishilar sog`lig`ida kutilmagan o`zgarishlar yuz berishi mumkin. Jigar, oshqozon osti bezi kasalliklari “hujum” qilsa, davolanish choralarini ortga surmang.

Yil davomida tananing tayanch-harakat a`zolarining holatini qo`llab-quvvatlash foydadan xoli bo`lmaydi. Bo`g`imlar, suyaklar, umurtqa pog`onasi o`tgan yildagiga nisbatan mustahkamlanadi. Buni ko`pchilik sezadi va xursand bo`lishlari tabiiy. Davolanishdan esa to`xtamang. Imkoniyatga qarab, cho`milish havzalarida suzish mashqlariga boring. Amaliy gimnastika mashqlari bilan ham shug`ullaning.

May oylarida o`sha vaqtga qadar tabobat usullaridan foydalanib qilib kelayotgan davo choralarining yaxshi natijalarini his qila boshlaysiz. Boshlagan parhez va to`g`ri ovqatlanish rejimingizga ancha o`rganib qolasiz.

Yil davomida vazningizga ham e`tiborli bo`ling. Semirish organizm uchun juda xavfli, u bilan kurashish talab etiladi. Bularning hammasi, bir tomondan, kishining irodasini toblaydi, o`ziga bo`lgan ishonchini orttirishga ham xizmat qiladi.

Quyosh bilan yaxshi chiqisha olmaydiganlar ehtiyotkorna munosabatda bo`lishni unutmang. Quyoshdan himoyalovchi vositalarsiz uning tagida ko`p vaqt qolib ketmaslikka harakat qiling. Chunki o`simta kasalliklari birdan avj olishi ehtimoli katta. Xoli ko`p insonlar ham katta-kichik xollarini nazardan chetda qoldirmasliklari maslahat beriladi.

Yoz oylarida o`ta zaruriyat bo`lmasa, operasiya stoliga yotmagan ma`qul. Bu vaqtda oy va quyosh tutilishlari bo`lishi mumkin va inson organizmi noodatiy tarzda ishlaydi, bu esa salbiy oqibatga olib kelish ehtimollari yo`q emas.

Ammo bu davr zararli odatlardan voz kechishning ayni vaqti. Chekuvchi, ichuvchi insonlar bu haqda yana o`ylab ko`rishlari maslahat beriladi.

Surunkali kasalliklar bilan og`riydigan erkagu ayollar mavsumiy davolanish kurslarini yanvar, aprel, iyul, sentyabr, oktyabr oylarining boshi va o`rtalarida olmaganlari ma`qul. Bahor-yoz mavsumida qo`zg`aladigan ko`pgina surunkali kasalliklarga imkoniyat tug`dirmaslik uchun, ular bilan kurashishni yanvar oyidanoq boshlashlari kerakligini ta`kidamoqda astrologlar.

Umuman olganda, astorologlar salomatlik masalasida yil mo``tadil bo`lishini, bunda albatta, berilgan maslahatlarga o`z vaqtida amal qilganlar uchun ko`ngildagidek, silliq o`tishini va`da qilishmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1