1

Chimyonda harbiy xizmatchilar ekstremal sharoitlarda yashovchanlik mashg`ulotlarini o`tkazmoqda

Jamiyat 13.12.2018, 21:51
Chimyonda harbiy xizmatchilar ekstremal sharoitlarda yashovchanlik mashg`ulotlarini o`tkazmoqda

Toshkent viloyatining Chimyon tog`larida joylashgan Mudofaa vazirligi Tog` tayyorgarligi o`quv-mashqlar markazida Davlat xavfsizligi hizmati Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari bilan qishki amaliy mashg`ulotlar o`tkazilishi boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O`ttizdan ortiq harbiy xizmatchilar bu erda 12 kun davomida tog` tayyorgarligi, otish, chang`ida uchish, harbiy topografiya, ekstremal sharoitlarda yashovchanlik hamda harbiy alpinizm tayyorgarliklari bo`yicha malakali mutaxassislardan saboq oladilar.

Tog`li hududlardagi harbiy harakatlar asosan dovonlar va o`tish yo`llarini, baland tog`larda yashash uchun qulay bo`lgan hududlarni egallash uchun olib boriladi. Shuning uchun tog` tayyorgarligi bo`yicha mashg`ulotlar tabiiy sharoitlarda, aynan qoyalar va yurish o`ta murakkab bo`lgan so`qmoqlarda o`tkazilib, bu jarayonda harakatlanishning o`ziga xos jihatlariga, irodani mustahkamlashga, og`ir vaziyatlardan chiqish, birinchi tibbiy yordam ko`rsatish, evakuasiya qilish ko`nikmalarini hosil qilishga alohida e`tibor qaratiladi.

Mashg`ulotlarni Mudofaa vazirligi Tog` tayyorgarligi o`quv-mashqlar markazining mohir harbiy alpinist-yo`riqchilari olib bormoqda.

«Bunday joylardagi jang mayda o`choqlarga bo`linib, kichik guruhlar tarkibida shaxsiy qurol-yarog` va anjomlardan foydalangan holda olib boriladi. Dushman hiylalari va tahdididan tashqari tabiiy to`siqlar va murakkabliklar ham topshiriqlarni to`laqonli bajarishga monelik qiladi. Maxsus tayyorgarlikdan o`tgan, xuddi shunday murakkab iqlim sharoitlarida muntazam mashq qilgan harbiy xizmatchigina tezkor, aniq va betalafot harakat qilish ko`nikmasini egallaydi», — deydi markaz boshlig`i podpolkovnik Farhod Mullajonov.

Amaliy mashg`ulotlarni muvaffaqiyatli o`tagan harbiy xizmatchilarga «HARBIY INSTRUKTOR ALPINIST va HARBIY ALPINIST» sertifikati hamda ko`krak nishoni topshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1