Prezident tejamkor issiqxonalarni ko`paytirish bo`yicha topshiriq berdi

Siyosat 13.12.2018, 19:19
Prezident tejamkor issiqxonalarni ko`paytirish bo`yicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Muborak tumanidagi zamonaviy issiqxona bilan tanishdi, deb xabar berdi davlat rahbarining veb-sayti.

Cho`l hududida joylashgan tumanda bunday issiqxona bo`lishi judayam muhim. Chunki sifatli sabzavotlarga ehtiyoj bor, suv esa tanqis.

Tadirkor Qobiljon G`ulomov kam imkoniyatdan foydalanish yo`lini topdi. 2016 yili «Muborak issiqlik elektr markazi» aksiyadorlik jamiyati yonidagi tashlandiq hududdan 2 gektar er olib issiqxona barpo etdi. Yomg`ir to`planadigan 800-1000 tonnalik hovuzlar qurdi. Issiqxonadagi sabzavotlar tomchilatib sug`oriladi.

Yana bir samarali tomoni, issiqxona «Muborak issiqlik elektr markazi»da hosil bo`ladigan issiq suv orqali qizdiriladi. Elektr markazi uchun sovuq suv kerak. Shu bois issiqxonada bu suv aylantirilib, sovugach quvurlar orqali issiqlik korxonasiga qaytariladi. Bundan ikkala tomon ham yutadi.

Bunday tejamkorlik evaziga natija kutilganidan ham yaxshi bo`ldi. Tadbirkor yana 7 gektar erda issiqxona qurdi. U issqxonada etishtirilayotgan pomidor, bodring kabi mahsulotlarning asosiy qismini eksport qilib, katta foyda olishni chamalayapti.

Ayni paytda issiqxonada qariyb yuz kishi mehnat qilmoqda. Kelgusida issqxonani yanada kengaytirib, ish o`rinlarini ko`paytirish rejalashtirilgan.

Umuman, tuman bo`yicha 60 tadbirkorga shu kabi issiqxona qurish uchun 300 gektar er ajratilgan.

Prezidentimiz zamonaviy issiqxonani ko`zdan kechirib, ishchilar bilan muloqot qildi.

Aholi farovonligini oshirish, doimiy va mavsumiy ish o`rinlari ochishda muhim o`rin tutadigan bunday issiqxonalar tarmog`ini yanada kengaytirish zarurligini ta`kidladi.

Shu erda Qashqadaryo viloyatida 2019-2020 yillarda issiqxonalar tashkil etish, Chiroqchi tumanida lalmi maydonlarda poliz ekinlarini ko`paytirish, aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qator loyihalar taqdimoti o`tkazildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1