1

Shohjahon Ergashev ertaga navbatdagi jangini o`tkazadi

Sport 13.12.2018, 12:20
Shohjahon Ergashev ertaga navbatdagi jangini o`tkazadi

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev ertaga Rossiyaning Krasnodar shahrida faoliyatidagi navbatdagi jangini o`tkazadi.

Mazkur bahsda hamyurtimizga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qiladi. Bungacha Ergashev ugandalik Badru Lusambiya bilan jang o`tkazishi belgilangandi. Ammo, bir necha kun oldin Shohjahonning raqibi o`zgardi.

Ma`lumot uchun, Shohjahon shu kungacha professional ringda 15 marotaba jang o`tkazgan va ularning barchasida g`alaba qozongan. Bahslarning 14 tasida u raqiblarini muddatidan oldin mag`lub etgan. Ruiz esa bungacha 49 marotaba ringga ko`tarilgan va ularning 32 tasiga g`alaba qozongan (11 ta nokaut). 17 marotaba imkoniyatni boy bergan (2 ta nokaut).

Jang ertaga, 14 dekabr kuni Krasnodardagi «Olimp» sport saroyida bo`lib o`tadi. Shohjahon hozirda o`z vazn toifasida WBA International chempionlik kamari sohibi bo`lib turibdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1