Kamchatkalik shifokor o`zbekistonlik ayolning hayotini saqlab qoldi

Dunyo 13.12.2018, 11:50
Kamchatkalik shifokor o`zbekistonlik ayolning hayotini saqlab qoldi

Kamchatka falokatlar tibbiy markazi shifokori Aleksandr Prosin samolyot bortida o`zbekistonlik ayolning hayotini saqlab qoldi, deb xabar qildi kp.ru nashri.

Shifokorning aytib berishicha, voqea 10 dekabr kuni sodir bo`lgan. Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridan Moskvaga 1731 sonli parvoz bilan uchayotgan samolyot bortida yo`lovchilardan birining sog`lig`i keskin yomonlashgani haqida ma`lum qilingan.

Parvoz davomida ayolning holati keskin yomonlashadi. U qorin bo`shlig`ida qattiq og`riq borligi haqida shikoyat qiladi. Aleksandr Prosin bemorga og`riq qoldiruvchi muolajalar qiladi va 1,5 soat davomida uning hayotini xavfdan saqlab turadi.

Yoqutiston aeroportida noqulay ob-havo tufayli samolyot qo`na olmaydi. Shunda, samolyot yaqin oradagi aerodrom — Mirniy shahrida shoshilinch qo`nib, be`mor tez yordam brigadasiga topshiriladi.

Ma`lum bo`lishicha, parvozgacha o`zbekistonlik ayolga Kamchatkadagi klinikalardan birida o`tkir kasallik tashxisi qo`yilgan va darhol kasalxonaga yotishi aytilgan. Lekin u shifokorning tavsiyasini e`tiborsiz qoldirib, Toshkentga uchishni ma`qul ko`rgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1