1

Voleybolchilarimiz Qozog`istondagi xalqaro turnirda ishtirok etishmoqda

Sport 12.12.2018, 22:22
Voleybolchilarimiz Qozog`istondagi xalqaro turnirda ishtirok etishmoqda

Qozog`istonning Almati shahrida voleybol bo`yicha erkaklar o`rtasida xalqaro turnir start oldi.

Turnirda Rossiya, Turkmaniston, Qirg`iziston, Qozog`iston va O`zbekistondan jamoalar qatnashmoqda. Musobaqada yurtimiz sharafini Toshkent shahrining "Orient" jamoasi himoya qilmoqda.

Kecha musobaqaning ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bugun vakillarimiz Qozog`istonning "Burevestnik Almati" jamoasiga qarshi o`yin o`tkazadilar.

Eslatib o`tamiz, "Orient" jamoasi bir necha kun oldin Qo`qonda o`tkazilgan O`zbekiston chempionatining birinchi turi yakunlariga ko`ra peshqadamga aylanib olgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1