Xalqaro hunarmandchilik festivali logotipi uchun tanlov e`lon qilindi

Madaniyat 07.12.2018, 15:35
Xalqaro hunarmandchilik festivali logotipi uchun tanlov e`lon qilindi

2019 yilning 10–15 sentyabr kunlari Qo`qon shahrida bo`lib o`tadigan Xalqaro hunarmandchilik festivali logotipi uchun tanlov e`lon qilinadi.

«Tanlovda professional reklama kompaniyalari, agentliklar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar (frilanserlar, hunarmandlar, talabalar va h.k) ham ishtirok etishi mumkin.

Logotipning o`ziga xos versiyasini ishlab chiqing va ta`rifini qisqacha bayon eting», — deyiladi xabarda.

Tanlovning mukofot fondi:

- birinchi o`rin uchun 7 000 000 (etti million) so`m,

- ikkinchi o`rin uchun 2 000 000 (ikki million) so`m,

- uchinchi o`rin uchun 1000 000 (bir million) so`mni tashkil etadi .

Eng yaxshi deb topilgan 3 ta variant festivalning tashkiliy qo`mitasi e`tiboriga taqdim etiladi.

Tanlovga taqdim qilingan materiallar 2018 yilning 14 dekabr soat 14:00 gacha qabul qilinadi.

2019 yilning 15 yanvar kuni g`olib e`lon qilinadi va uning logotipi festival ramziga aylanadi.

Tanlov shartlari va texnik topshiriqlari bilan «Hunarmand» uyushmasi saytida tanishib chiqish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1